8-sinf fizika darsligi asosida 16-mavzu: Rezistorlar. Reostatlar. Potensiometrlar ELektr zanjirdagi tok kuchimng o'tkazgich qarshiligiga bog'liqligidan elektrotexnikada keng foydalaniladi. Turli qarshilikli o'tkazgichlarni tanlab zanjirdagi tokni boshqarish mumkin. Shu maqsadda elektrotexnikada rezis-torlardan foydalaniladi. Rezistar - elektr zanjirda tokni va kuchlanishni rostlash uchun qoilaniladigan ma'lum qarshilikli elektr asbob. «Rezistor» so'zi lotincha «resisto» - «qarshilik» degan ma'noni anglatadi. 53-a rasmda eag sodda rezistor tasvirlangan. U karkas, sim va qoplamadan iborat. Karkas va qoplama yonmaydigan va tok o'tkazmaydigan materialdan, masalan, chinnidati, sim esa solishtirma qarshiligi katta materialdan tayyorlanadi. Simning ikki uchi zanjirning tegishli qismiga ulanadi. Ko'p hollarda rezistordagi sim o'rniga katta qarshilikka ega materialdan tayyorlangan qatlam qo'llaniladi (53-b, rasm). Bu qatlamning ikkala chckkasi o'tkazgich simga mahkamlangan bo'lib, bu simlar orqali zanjirga ulanadi. 53-d rasmda tasvirlangan rezistor kichik qar-shilikli bo'lib, unda tok o'tkazmaydigan va yonmaydigan material - sopol ichiga kichik qarshilikli sim spiral shaklida joylashtirilgan. Rezistorlarning elektr zanjir sxemasidagi shartli belgisi 53-e rasmda aks ettirilgan. 54-rasmda radiotexmkada qo'llaniladigan rezistorlarning namunalari keltirilgan. Ko'p hollarda elektr zanjirda qarshilikni o'z-luksiz kamaytirish yoki ko'paytirish zarur bo'lib qoladi. Masalan, kinoteatr zali chiroqlarini asta-sekin o'chirish uchun zanjirdagi tok bir me'yorda kamaytiriladi. Elektropoyezd tezligini asta-sekin oshirish uchun elektr dvigateldagi tok bir me'yorda oshiriladi. Bu maqsadlarda rezistordan foyda-lanish yetarli emas. Chunki rezistor ma'lum qarshilikka ega bo'lib, undagi qarshilikm o'zgartirib bo'lmaydi. Elektr qarshiligini o'zgartirish orqali tok kuchini bir me'yorda o'zgartirishda reostatdan foydalaniladi. Reostat Reostat - elektr zanjirdagi tok kuchi va kuchlanishni rostlash, ya'ni o'zgartirish uchun qo'llaniladigan elektr asbob. «Reostat» yunoncha so'z bo'lib, «reos» - «oqim» va «statos» - «qo'zgalmas» degan ma'nolarni bildiradi. Solishtirma qarshiligi katta ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan