8-sinf Fizika fanidan Suyuqliklarda elektr toki dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan Suyuqliklarda elektr toki dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Suyuqliklarda elektr toki dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 41-mavzu: Suyuqliklarda elektr toki Oldingi paragrafdan siz metallarda elektr tokini erkin elektronlar hosil qilishini bilib oldingiz. Endi suyuqliklarda elektr tokini qanday zarralar hosil qilishi bilan tanishamiz, Ionli bog'lanish Kimyo darslarida ba'zi moddalarning atom va molekulalari orasidagi ion bog'lanish bilan tanishgansiz. Masalan, ion bog'lanishga misol qilib osh tuzi natriy xlorid (NaCl)ni keltirish mumkin. Natriy atomida 11 ta elektron bo'lib, ulardan 1 tasi tashqi elektron qobiqda bo'ladi. Xlor atomida esa 17 ta elektron bo'lib, ulardan 7 tasi tashqi elektron qobiqda bo'ladi (106-rasm). Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi bar-cha elementlarning alohida olingan atomi elektr jihatdan neytraldir. Chunki, atom yadrosidagi musbat zaryadli protonlar soni qancha bo'lsa, yadro atrofida aylanib yurgan manfiy zaryadli elektronlar soni ham shuncha bo'ladi. Shuaga ko'ra Na va CI atomlari alohida olinganda elektr neytraldir. Xlor atomining tashqi elektron qobig'i to'lishi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Shu sababli xlor va natriy atomlari bir-biriga yaqinlashganda elektronlar almashishi yuz beradi. Xlor atomi natriy atomining tashqi elektron qobig'idan 1 ta elektronni tortib oladi. Natijada xlor atomi manfiy zaryadli xlor ioniga (CI), natriy atomi esa 1 ta elektronini yo'qotib musbat zaryadli natriy ioniga (Na+) aylanib qoladi: Iurli ishoraga ega bo'lgan natriy va xlor ionlari bir-biri bilan tortishib, NaCl kristall panjarasini hosil qiladi (107-rasm). Ionlar orasida Kulon kuchi tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog'lanish ionli bog'lanish deb ataladi. Elektrolitlar Ba'zi suyuqliklar elektr tokini o'tkazishi, boshqalari esa o'tkazmasligi mumkin. Suyuqliklaming elektr tokini o'tkazishi yoki o'tkazmasligini 108-rasmda tasvirlangan oddiy tajriba yordamida aniqlash mumkin. Bu tajriba qurilmasi tok manbai, elektr lampochka, shisha idish va unga tushirilgan ikkita ko'mir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.36 MB
Ko'rishlar soni 477 marta
Ko'chirishlar soni 134 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.36 MB
Ko'rishlar soni 477 marta
Ko'chirishlar soni 134 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga