8-sinf fizika darsligi asosida 52-mavzu: Tokning magnit maydoni Ersted tajribasi Magnit maydonning elektr toki bilan bog'liqligini tajribada birinchi bo'lib 1820-yilda daniyalik fizik Xans Kristian Ersted aniqlagan. Ersted tajribasini o'tkazib ko'rish uchun 143-rasmda tasvirlangan zanjirni yig'amiz. Zanjir tok manbai, reostat, kalit, o'tkazgich (sim)dan iborat. O'tkazgich simlaridan bin janubdan shimolga tomon tarang tortilgan bo'lsin. Magnit strelkasini rasmda ko'rsatilganidek o'tkazgich ostiga qo'yaylik (143-a rasm). Bunda strelkani sim bo'ylab joylashtiramiz. Endi kalitni ulab, o'tkazgichdan tok o'tkazaylik. Shu zahoti tok o'tayotgan sim ostidagi magnit strelkasi 90° burchakka burilib, simga perpendikular joylashib qoladi (143-b rasm). Demak, tokli o'tkazgich atrofida magnit maydoni yuzaga keladi va magnit strelkasini buradi. Ersted tajribasi tok o'tayotgan o'tkazgich atrofida magnit maydon bor ekanligini ko'rsatadi. To'g'ri tokning magnit maydoni O'tkazgichdan elektr toki o'tganda uning atrofida magnit maydon mav-judligini quyidagi tajribada ham kuzatish mumkin. Qalin karton qog'ozi olib, uning o'rtasidan teshib to'g'ri o'tkazgichni o'tkazamiz. Karton ustiga mayda temir kukunlarini sepamiz. O'tkazgich uchlarini tokka ulab, kartonni yengil silkitamiz. Temir kukunlari tokning magnit maydoni ta'sirida magnitlanib, o'zini kichik magnit strelkasi kabi tutadi va ular magnit induksiya chiziqlari bo'ylab joylashadi. Tokli o'tkazgich atrofida hosil bo'ladigan magnit maydon kuch chiziqlari doimiy magnitning atrofidagi maydon kuch chiziqlariga o'xshash bo'lar ekan. Tajribani davom ettirib, tok o'tayotgan sterjen artofiga mayda magnit strelkalarini qo'yaylik. Shu zahoti strelkalar magnit kuch chiziqlarining yo'nalishida tartibli joylashib qoladi (144-a rasm). Sterjendagi tok yo'nalishi o'zgartirilsa shu zahoti barcha magnit strelkalari 180° ga buriladi (144-b rasm). Demak, tokning magnit kuch chiziqlari yo'nalishi o'tkazgichdagi tokning yo'nalishiga bog'liq. To'g'ri tok atrofidagi magnit maydonning kuch chiziqlari aylanalardan iborat bo'lib, uning yo'nalishini ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
357 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
357 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan