8-sinf fizika darsligi asosida 46-mavzu: Vakuumda elektr toki Nay ichidagi gazni maxsus nasosda so'rib, undagi gaz molekulalari sonini shu darajaga yctkazish mumkinki. bunda gaz molekulalari bir devordan ikkinchi devorga deyarli bir-biri bilan to'qnashmasdan yetib boradilar. Naydagi gazning bunday holati vakuum deb ataladi. Amerikalik fizik Tomas Edison vakuumda elektr tokining o'tish tabiatini o'rgangan. U ikkita elektrod o'rnatilgan shisha kolba ichida vakuum hosil qilib, elektrodlarning birini tok manbaining manfiy qutbiga, ikkinchi elektrodni galvanometr orqali tok manbaining musbat qutbiga ulagan. Dastlab u strelkasi o'zgarmaganligtni ko'rib, vakuumdan tok o'tmayotganligini kuzatdi. So'ngra tok manbaining manfiy qutbiga ulangan elektrod qizdirilganda vakuumda elektr tokining yuzaga kelganligini, ya'ni galvanometr strelkasi og'ishi vakuumdan tok o'tayotganligini tasdiqladi (118-rasm). Qizdirilgan metallar dan elektronlarning ajralib chiqishi termo-elektron emissiya deb ataladi. Demak, vakuumda hosil bo'lgan elektr toki qizdirilgan clcktroddan ajralib chiqqan clcktronlar oqimidan iborat. Qizdirilayotgan elektrodni katod deb ataymiz va u tok manbaining manfiy qutbiga ulanadi. Sovuq elektrodni esa anod deb ataymiz va u manbaning rausbat qutbiga ulanadi. Katod va anod kavsharlangan vakuumli kolba (nay)ga ikki elektrodli elektron lampa yoki diod deyiladi. Vakuumli diodning umumiy ko'rinishi va elektr sxemasi 119-rasmda keltirilgan. O'tgan asrda elektron lampalar elektronika sohasida yetakchi o'rinni egallagan va ulardan radio, televizor, kompyuter, sanoat elektronikasida keng foydalanilgan. Fan va texnikaning tez sur'atlar bilan rivqjlanishi natijasida bugungi kunda vakuumli lampalarning o'rniga zamonaviy hamda kam energiya iste'mol qiluvchi yarim o'tkazgichlardan yasalgan asboblar qo'llanilmoqda. Vakuumda elektr toki qanday yuzaga keladi? Katod qizdirilganda undan elektronlar ajralib chiqa boshlaydi. Katoddan chiqqan elektronlar anod va katod orasidagi elektr maydoni ta'sirida anodga tomon tartibli harakatga keladi va zanjirda ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
531.66 KB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
531.66 KB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan