8-sinf fizika darsligi asosida 37-mavzu: Xonadonlardagi elektr zanjirlar va ulashlar Xonadonning elektr zanjiri Elektr toki elektr energiyani ishlab chiqaradigan elektr stansiyalaridan xonadonlarga, ishlab chiqarish korxonalariga va barcha iste'molchilarga tar-qatiladi. Xonadonlarga berilgan elektr energiyasi ham o'tkazgichlar orqali iste'molchilarga tarqatiladi. Xonadon elektr zanjiri boshqa xonadonlar bilan o'zaro parallel ravishda 220 V kuchlanishli umumiy elektr tarmoqqa ulangan bo'ladi. Xonadondagi barcha elektr iste'molchilar o'zaro parallel ulangan bo'ladi. 95-rasmda namuna sifatida xonadon elektr zanjiri va uning sxemasi tasvirlangan. Saqlagichlar Xonadonlarda xavfsizlik chorasi tariqasida umumiy elektr tarmoqdan xonadon elektr zanjiriga ulanadigan joyga saqlagichlar ulanadi. U xonadon elektr zanjiriga kcluvchi ikkala simga ulangan bo'ladi. Saqlagichning vazifasi zanjirdagi tok kuchi me'yordan ortib ketganda zanjirni uzishdan iborat. Radio, televizor kabi elektr bilan ishlaydigan asboblar hamda avtomobillarda ham eruvchan saqlagichlardan foydalaniladi. Bunday eruvchan saqlagichda ingichka sim shisha naycha o'qi bo'ylab tortilgan holda kavsharlangan bo'ladi (96-a rasm). Shisha naychaning uchlarida metall uchliklari bo'lib, ingichka simning uchlari shu metallarga kavsharlab qo'yiladi. Naycha maxsus tutqichga o'rnatiladi. Tarmoqdagi elektr kuchlanish 220 V dan ortib ketganda yoki elektr asbob ichida biror nosozlik tufayli belgilangandan katta miqdorda tok oqib o'tsa, saq-lagichdagi ingichka sim shu zahoti erib, uziladi va elektr asbobga tokning o'tishi to'xtaydi. Bu esa elektr asbob ishdan chiqishining oldini oladi. Elektr asbobga yangi saqlagich qo'yib, undan kundalik turmushda yana foydalanish mumkin. Texnikada elektromagnit va issiqlik ta'sirida ishlovchi kontaktli hamda qayta tiklanuvchi saqlagichlar ham keng qo'llaniladi (96-b, d rasm). Ularning elektr sxemada belgilanishi 96 -e rasmda keltirilgan, Xonadon elektr zanjirining tarmoqqa ulanishi Elektr simyog'ochlarda kamida ikkita sim bo'ladi. Bu simlardan biri neytraldir. Neytral simda elektr kuchlanish ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
860.91 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
860.91 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan