8-sinf Fizika fanidan Zanjirning bir qismi uchun om qonuni dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan Zanjirning bir qismi uchun om qonuni dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Zanjirning bir qismi uchun om qonuni dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 17-mavzu: Zanjirning bir qismi uchun om qonuni Tok kuchining kuchlanishga bog'liqligi Chiqish kuchlanishini o'zgartirish mumkin bo'lgan tok manbaiga nikelin spiralini ulaymiz (60-rasm). Spiraldan o'tayotgan tok kuchini unga ketma-ket ulangan ampermetr, kuchlanishini esa unga parallel ulangan voltmetr yordamida o'lchash mumkin. Spiraldagi kuchlanishni 2 V ga rostlab, kalitni ulaymiz. Kalit ulanganda ampermetr 0,5 A ni ko'rsatsin (60-a rasm). Kalitni uzamiz. Spiraldagi kuchlanishni ikki marta oshirib, uni 4 V ga rostlaymiz. Zanjir kaliti ulanganda ampermetr 1 A ni ko'rsatadi, ya'ni tok kuchi ham 2 marta ortadi (60-b rasm). Tok manbaidan spiral uchlariga 6 V kuch­lanishni berganimizda, ampermetr spiraldan o'tayotgan tokning 1,5 A ga teng ekanligini ko'rsatadi. Tajribani shunday davom ettirish mumkin. Tajriba natijalari shuni ko'rsatadiki, o'tkazgich qarshiligi o'zgarmas bo'lganda unga qo'yilgan kuchlanish necha marta ortsa, undagi tok kuchi ham shuncha marta ortar ekan. O'tkazgichdagi tok kuchi shu o'tkazgichning uchlari orasidagi kuchlanisbga to'g'ri proporsionaldir: I~U. (1) Tok kuchining elektr qarshilikka bog'liqligi Avvalgi tajribada spiral o'zgartirilmagan, ya'ni o'tkazgichning elektr qar­shiligi o'zgarmas qilib olingan edi. Uning uchlaridagi kuchlanish esa turlicha bo'lgan. Endi o'tkazgich uchlaridagi kuchlanish o'zgarmasdan, uning qarshiligi turlicha bo'lgan holni ko'ramiz. 61-a rasmda tasvirlangan zanjimi yig'aylik. 1, 2, 3, 4 raqamlar har biriniag elektr qarshiligi 1 Q dan bo'lgan spiral o'tkazgichlarni ifodalaydi. Birinchi galda zanjirga 1 raqamli o'tkazgichni ulaylik. Kalit ulanganda, voltmetr 2 V kuchlanishni, ampermetr esa 2 A tok kuchini ko'rsatadi. Ikkinchi galda zanjirga 1 va 2 raqamli o'tkazgichlarni ketma-ket ulaylik. Bu holda ulaming birgalikdagi qarshiligi 2 Q ni tashkil etadi. Kalit ulanganda, voltmetr o'tkazgich uchlaridagi kuchlanish o'zgarmaganligini, ampermetr esa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 7.01 MB
Ko'rishlar soni 364 marta
Ko'chirishlar soni 56 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 7.01 MB
Ko'rishlar soni 364 marta
Ko'chirishlar soni 56 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga