8-sinf Fizika fanidan Zaryadlarning o'zaro ta'siri, Kulon qonuni dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan Zaryadlarning o'zaro ta'siri, Kulon qonuni dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Zaryadlarning o'zaro ta'siri, Kulon qonuni dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Zaryadlarning o'zaro ta'siri. Kulon qonuni' 8-sinf fizika darsligi asosida 3-mavzu: Kulon tajribalari Elektrlangan jismlar bir-biriga tegmasdan ma'lum masofada turib ham ta'sirlashadi. Bu hodisani 1785-yilda fransuz olimi Sharl Kulon tajribada kuzatdi. SHARL KULON (1736-1806) Fransuz fizik olimi. Kulon 1770-1789-yillar mobaynida elektromagnit va mexanik hodisalar borasida tadqiqotlar olib borgan. Elektr va magnit qutblarining o'zaro ta'siri, elektr zaryadlarining o'tkazgich sirti bo'ylab joylashish qonuniyatlari - uning fanga qo'shgan ulkan hissasidir. Zaryadlangan jismlarning o'zaro ta'siri buralma tarozi yordamida o'rganilgan (12-rasm). Buralma tarozida ingichka elastik simga () shisha sterjen (2) osilgan. Sterjenning bir uchiga A metall sharcha, ikkinchi uchiga C posangi (muvo-zanatlovchi jism) mahkamlangan. B metall sharcha esa taro-zining qopqog'iga qo'zg'almas qilib mahkamlangan. Shar-chalar bir xil ishorali (+), (+) zaryadlanganda A sharcha B sharchadan itariladi, turli (-), (+) ishorali zaryadlanganda esa tortiladi. A sharcha harakatga kelganda u osilgan sim buraladi. Sharchalarning o'zaro ta'sir kuchi simning burilish burchagiga qarab aniqlanadi. Kulon sharchalar orasidagi masofani turlicha qilib tajribalar o'tkazgan. Bunda zaryadlangan sharchalarning o'zaro ta'sir kuchi (F) ular orasidagi masofa (r) ning kvadratiga teskari proporsional ekanligi aniqlangan: Zaryadlangan sharga xuddi shunday o'lchamdagi zaryadlanmagan shar tek-kizilsa, zaryadlar teng ikkiga bo'linadi. Shu asosda Kulon tajriba jarayonida sharchalarning zaryadini 2, 4, 8 va hokazo marta kamaytirib borgan. Tajriba natijalari sharchalar orasidagi F ta'sir kuchi A va B sharchalardagi q1 va q2 zaryad miqdorlarining ko'paytmasiga to'g'ri proporsional ekanligini ko'rsatgan, ya'ni: Kulon qonuni O'zaro ta'sirlashayotgan jismlarni nuqtaviy zaryad deb olaylik. Nuqtaviy zaryad deb, o'lchami va shakli hisobga olinmaydigan zaryadlangan jismga aytiladi. (1) va (2) munosabatlami umumlashtirib Kulon nuqtaviy zaryadlarning o'zaro ta'sir kuchi formulasini quyidagicha ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 725.5 KB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 725.5 KB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga