10-sinf fizika darsligi asosida 37-mavzu: Butun zanjir uchun om qonuni. Tok manbayining foydali ish koeffitsiyenti O'tkazgichdan tok o'tganda u qiziydi va ma'lum miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Demak, energiyaning saqlanish qonuniga ko'ra, o'tkazgich bo'ylab erkin elektronlar ko'chganda elektrostatik maydon ish bajaradi. Lekin, elektr zanjirida energiya ajralsa, energiyaning saqlanish qonuniga ko'ra, shuncha energiya elektr zanjiriga kelishi kerak. Shunday savol tug'iladi: bu zanjirning qaysi qismida ro'y beradi va qanday fizik jarayonlar natijasida energiya elektr zanjiriga beriladi? Dastlab aniqlashtirib olamiz: elektr zanjiridagi energiya manbayi vazifasini elektrostatik maydon bajara oladimi? Bajara olmaydi, chunki 33-mavzuda ko'rib o'tilganidek elektrostatik maydonda zaryadni berk trayektoriya bo'ylab ko'chirishda bajarilgan ish nolga teng. Demak, faqat elektrostatik maydon ta'sirida erkin zaryadlar berk zanjir bo'ylab harakatlana olmaydi. Aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, zanjirning qandaydir bir qismida zaryadlarga elektrostatik bo'lmagan kuchlar ta'sir qilishi kerak. Bu kuchlarni chet kuchlar deyiladi. Ular zaryadga tok mabayining ichida ta'sir qilib, aynan shu kuchlar energiyani elektr zanjiriga yetkazib beradi. Tok manbayida chet kuchlar ta'sirida zaryadlarning ajralishi ro'y beradi. Natijada manbaning bir qutbida musbat zaryad, ikkinchi qutbida manfiy zaryad to'planadi. Qutblar orasida potensiallar farqi vujudga keladi. Tokning kimyoviy manbalarida chet kuchlar kimyoviy tabiatga ega bo'ladi. Masalan, agar rux va mis elektrodlarni sulfat kislotaga tushirilsa, ruxning musbat ionlari, misning musbat ionlariga nisbatan elektrodini tez-tez tashlab ketib turadi. Natijada mis va rux elektrodlar orasida potensiallar farqi vujudga keladi: mis elektrodning potensiali, ruxnikiga nisbatan katta bo'ladi. Mis elektrod tok manbayining musbat qutbi, rux elektrod esa manfiy qutbi bo'ladi. Tok manbayida chet kuchlar erkin zaryadlarni elektrostatik maydon kuchlariga qarshi ko'chirishda Achet ish bajaradi. Bu ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
6.28 MB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
57 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:02
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
6.28 MB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
57 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:02 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan