10-sinf fizika darsligi asosida 9-mavzu: Dinamika qonunlari Bizni o'rab turgan muhitdagi jismlarning harakati mexanika qonun lariga bo'ysunadi. Jism harakatining o'zgarish sabablarini XVI asr oxiri va XVII asr boshida ilk bor tajribalar vositasida batafsil o'rgangan olim Galiley edi. Galiley jism harakatini o'zgartish sababi haqida quyidagicha yozgan edi: Agar jismga boshqa hech qanday jismlar ta'sir etmasa, jism Yerga nisbatan o'zining tinch holatini yoki to'g'ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Galiley tomonidan o'rnatilgan bu qonun mexanikaning asosiy qonunlarini tarkib toptirishda birinchi qadam bo'ldi. Bu qonunlarni ochish uchun Nyutonga hech qanday murakkab asbobuskunalar zarur bo'lmagan. Buning uchun oddiy tajribalar yetarli bo'lgan. Bundagi eng katta qiyinchilik jismlarning turli-tuman harakatlari ichidan eng muhimini, eng umumiysini ko'ra olishdan iborat edi. Dinamika grekcha dynamis so'zidan olingan bo'lib kuch degan ma'noni bildiradi. Agar biz qandaydir jismning harakatga kelganini ko'rsak, unga ta'sir qilayotgan boshqa bir jismni ham ko'ramiz. Boshqa jism, harakatga kelgan jismni tortishi, itarishi yoki unga masofadan turib ta'sir qilishi mumkin (masalan, magnitning temir sharga ta'siri). Yerdan biror balandlikka ko'tarib qo'yilgan jism qo'yib yuborilsa pastga tushadi. Bu tajribalarning barchasida jism tezligining o'zgarishi (ya'ni tezlanish) har doim boshqa bir jismning ta'siri tufayli vujudga keladi. Bu ibora Nyuton mexanikasining eng muhim xulosasi hisoblanadi. Jismlarning bir-biri bilan o'zaro ta'sirlashish jarayoniga - o'zaro ta'sir deyiladi. Fizikada barcha o'zaro ta'sirlar albatta juft bo'ladi. Ya'ni, har qanday ta'sir aks ta'sirni vujudga keltiradi. Lekin bunday xulosaga darhol kelinmagan. Buyuk mutafakkir Aristotel jism harakatining o'zgarishi sababini ochishga harakat qildi. Uning yozishicha, Agar jismga itaruvchi kuch ta'sir etmay qolsa, harakatlanuvchi jism to'xtab qoladi. Yerga nisbatan bo'lgan tinch holatni jismning ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.45 MB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.45 MB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: pptx