10-sinf Fizika fanidan Elektr maydon energiyasi dars taqdimoti

10-sinf Fizika fanidan Elektr maydon energiyasi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Elektr maydon energiyasi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 34-mavzu: Elektr maydon energiyasi O'tkazgichni zaryadlash uchun zaryadlar orasidagi o'zaro itarish kuchini yengishda ish bajariladi. Bu ish hisobiga, o'tkazgich energiyaga ega bo'ladi. Zaryadlangan jismning olgan energiyasi miqdor jihatdan (Wel - bu energiya elektr maydon energiyasi deb ataladi) uni zaryadlashda bajarilgan ishning miqdoriga aynan teng bo'ladi, ya'ni A = Wel. O'tkazgichni zaryadlashda bajarilgan ish qanday hisoblanadi? Dastlab jism zaryadlanmagan bo'lsa, uning potensiali nolga teng bo'ladi. Unga q zaryad berilsa, uning potensiali noldan φ gacha o'zgaradi. Jismni zaryadlashda bajarilgan ish: ga teng bo'ladi. Jism poten sialining o'rtacha qiymati uning boshlang'ich va oxirgi qiymatlarining o'rta arifmetik qiymatiga teng bo'ladi, ya'ni Demak, jismni zaryadlashda bajarilgan ish uning zaryadi bilan potensiali ko'paytmasining yarmiga teng bo'lar ekan. Jismni zaryadlashda uning potensiali formulaga binoan tekis, ya'ni chiziqli o'zgaradi. Bunda C - o'tkazgichning elektr sig'imi. U holda (7.23) ifodani ko'rinishlarda yozish mumkin. Jumladan, A = Wel munosabatga ko'ra yakkalangan zaryadlangan jismning elektr maydon energiyasini quyidagicha yozamiz: Agar zaryadlangan jism kondensatordan iborat bo'lsa, uning elektr maydon energiyasini (Wkon) hisoblashda (7.25) ifodadagi zaryad miqdorini kondensatorning bitta qoplamasidagi zaryad miqdori bilan, potensialini esa uning qoplamalari orasidagi potensiallar ayirmasi bilan almashtirish lozim, ya'ni: bo'lganligi uchun zaryadlangan kondensatorning elektr energiyasini aniqlash formulasini ko'rinishlarda yozish mumkin Zaryadlangan jismning energiyasi uning atrofida hosil bo'lgan elektr maydonida mujassamlangan bo'lib, energiyaning qiymati elektr maydoni tarqalgan fazoning hajmiga va maydonning kuchlanganligiga bog'liq bo'ladi. Xususiy holda zaryadlangan yassi kondensatorni qarab chiqaylik. Yassi kondensator qoplamalaridagi zaryadlar hosil qilgan elektr maydoni uning qoplamalari orasidagi muhitda mujassamlashgan bo'ladi. Fazoning hajmini V = Sd formula orqali hisoblash mumkin. Zaryadlangan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 805 KB
Ko'rishlar soni 324 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 805 KB
Ko'rishlar soni 324 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga