10-sinf Fizika fanidan Fizikaning tadqiqot metodlari dars ishlanma

10-sinf Fizika fanidan Fizikaning tadqiqot metodlari dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Fizikaning tadqiqot metodlari dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 1-mavzu: Fizikaning tadqiqot metodlari Fizikada tabiatdagi jarayon va hodisalarni o'rganishda o'ziga xos tadqiqot metodlari mavjud. Fizika eksperimental fan hisoblanadi. Shu bois tajriba o'tkazish jarayoni alohida sharoitni talab qiladi. Bunda o'rganilayotgan jarayonga tashqi ta'sir ko'rsatilmasligiga harakat qilinadi. Bundan tashqari, jarayonlarga tegishli fizik parametrlar orasidagi bog'lanishni matematik ifodalar orqali beriladi. Shunga ko'ra fiziklar jarayonlarning bundan keyingi borishini yoki oldin qanday bo'lganligini juda aniq aytib berishga muvaffaq bo'ldilar. Buyuk italyan fizigi Galileo Galiley shunday deb yozgan edi: Tabiat kitobini tushunish uchun uning yozilgan tilini bilishing kerak. Bu til - matematikadir. Kuzatishlardan ko'pgina hodisalar uchun ma'lum bir qonuniyatlar mavjud ekanligi taxmin qilinadi. Bunday taxminlar ilmiy gipoteza deyiladi. Gipotezani tekshirish uchun, olimlar tajriba (eksperiment) o'tkazishadi. Buning uchun tabiiy sharoitga yaqinlashtirilgan maxsus sharoitlar yaratiladi. Gipotezani shakllantirish va eksperiment o'tkazish hamda uning natijalarini tushuntirish uchun, mazkur jarayon yoki hodisaning modeli tuziladi. Biror bir jarayonning modeli deyilganda uning ixchamlashgan, tartibga solingan, muhim jihatlari ajratib ko'rsatilgan holati tushuniladi. Bunga misol sifatida moddiy nuqta va ideal gaz tushunchalarini misol qilib aytish mumkin. Eksperiment o'tkazish jarayonida tashqi ta'sirlardan to'la qutulib bo'lmaydi. Shunga qaramasdan, olingan natijaga ko'ra ideal sharoitda qanday natija chiqishini aytib berish mumkin bo'ladi. Bu ideal vaziyat ilmiy ideallashtirish deyiladi. Aynan mana shu hodisalar tashqaridan qaralganda murakkabga o'xshasa-da, lekin ular bo'ysunuvchi qonunlar sodda bo'lishini ko'rsatadi. Fizik jarayonlar borishi haqidagi gipoteza tasdiqlansa, u fizik qonunga aylanadi. Mexanikaning asosiy mazmunini buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan shakllantirilgan uchta qonun, butun olam tortishish qonuni, elastiklik va ishqalanish kuchlariga doir qonuniyatlar tashkil etadi. Gaz jarayonlari uchun uning bosimi, hajmi va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 221 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 221 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga