10-sinf fizika darsligi asosida 10-mavzu: Galileyning nisbiylik prinsipi. Inersial va noinersial sanoq sistemalari Nisbiylik prinsipining ochilishiga asosiy sabablardan biri, Yerning harakati, aniqrog'i uning o'z o'qi atrofi da aylanishi haqidagi gipoteza bo'ldi. Shunday savol tug'iladi: agar Yer o'z o'qi atrofi da aylanadigan bo'lsa, nega biz uni Yer sirtida o'tkazilgan eksperimentlarda sezmaymiz? Bu muammo ustidagi muhokamalarda qatnashgan o'rta asrda yashab ijod qilgan Nikolay Orema (XIV asr), Olovuddin Ali al-Qushchi (XV asr)lar quyidagi xulosaga keldilar: Yerning aylanishi uning ustida o'tkazilgan tajribalarga ta'sir qilmaydi. Faraz qilaylik, siz sinfdoshlaringiz bilan birgalikda ulkan kemaning ichida, tashqi oynalari qoraytirilgan xonasida o'tiribsiz. Shunda sinfdoshlardan biri hozir kema tinch turibdimi yoki harakatdami, degan savolni berdi. Tashqi palubaga chiqmasdan, buni qanday aniqlash mumkin? Bolalardan biri: Kelinglar, tajriba o'tkazib ko'ramiz. Stoldagi buyumlardan birini tepadan pastga tashlab ko'ramiz. Agar kema harakatsiz bo'lsa, u vertikal tushadi. Harakatda bo'lsa, tushish davrida kemaning poli oldinga ketib qolib, ozgina orqaga tushadiˮ, deb taklif qildi. Turli narsalar tashlab ko'rilganda hammasi polga qarab tik holda aynan bir joyga tushdi. Demak, kema tinch turibdi, degan xulosaga kelindi. Tashqi palubaga chiqib qaralsa, kema bir tekisda chayqalmasdan so'zib ketayotgan ekan! Demak, mexanik tajribalarni tinch turgan sinf xonasida o'tkazilsa ham, to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan vagon yoki kema ichida o'tkazilsa ham bir xil kechar ekan. Bunga birinchi bo'lib Galiley o'z e'tiborini qaratgan edi. Galiley ham siz faraz qilgandek, ulkan kema ichida kuzatilayotgan mexanik jarayonlar, agar kema to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan bo'lsa, xuddi tinch turganda qanday kechsa, shunday borishini yozib qoldirgan. Bunda sanoq sistemasi sifatida Yer emas, balki harakatlanayotgan vagon yoki kema olinadi. T ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
830.91 KB
Ko'rishlar soni
277 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
830.91 KB
Ko'rishlar soni
277 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan