10-sinf fizika darsligi asosida 6-mavzu: Gorizontal otilgan jism harakati Balandligi h ga teng bo'lgan stol ustida to'g'ri chiziq bo'ylab harakatlanayotgan sharcha (zoldir)ning harakatini kuzataylik. Dastlab sharcha o'z inersiyasi bilan stolning ustki qismida to'g'ri chiziqli harakat qiladi. Sharcha stolning chetidan yerga yetib kelguncha ikkita harakatda qatnashadi. Ya'ni, dastlabki yo'nalishda o'z harakatini davom ettirayotganligi hamda vertikal yo'nalishda harakatlanib, pastga tushayotganligini ko'ramiz. Sharchaning bu harakati biror balandlikdan gorizontal otilgan jismning harakatiga misoldir. Bu harakatni tavsiflash uchun XOY koordinata sistemasini tanlab olib, uni otilish nuqtasiga bog'laymiz (1.10-rasm). Havoning qarshiligi hisobga olinmas darajada kichik bo'lganda, jism gorizontal yo'nalishda o'zgarmas v0 tezlik bilan tekis harakat qiladi. Shuning uchun istalgan t vaqtdan keyingi gorizontal yo'nalishdagi ko'chishi yoki uchish uzoqligi quyidagicha hisoblanadi: Jism tezligining x va y o'qlardagi proyeksiyalari quyidagicha ifodalanadi: Jism vertikal yo'nalishda esa h balandlikdan boshlang'ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilib erkin tushadi. Shuning uchun istalgan t vaqtdan keyingi vertikal yo'nalish bo'yicha vaziyati quyidagicha hisoblanadi: Gorizontal otilgan jismning XOY tekislikdagi harakat trayek toriya sining tenglamasi (1.21) va (1.23) ifodalarga ko'ra quyidagicha bo'ladi: (1.24) ifoda parabola tenglamasini ifodalaydi. Demak, gorizontal otilgan jism parabola chizig'i bo'ylab harakat qiladi. h balandlikdan otilgan jismning uchish vaqti ifoda yordamida aniqlanadi. U holda jismning uchish uzoqligi Gorizontal otilgan jism bir vaqtning o'zida gorizontal yo'nalishda tekis va vertikal yo'nalishda tekis tezlanuvchan harakat qilib, erkin tushadi. Harakatning oxiridagi (t vaqt o'tgandan keyin) gorizontal va vertikal yo'nalishidagi tezliklar mos ravishda vx = v0 va v y = g · t bo'ladi. U holda jismning yerga tushishidagi tezligi quyidagicha aniqlanadi: Egri chiziq bo'ylab harakatlanayotgan jismning ko'chishi ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
697.55 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
697.55 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan