10-sinf fizika darsligi asosida 7-mavzu: GORIZONTGA QIYA OTILGAN JISM HARAKATI Gorizontga nisbatan biror burchak ostida qiyalatib otilgan jism harakatini kuzatsak, uning avval gorizontal yo'nalishda otilgan nuqtasidan uzoqlashayotganligini hamda vertikal yo'nalishda ko'tari layotganligini ko'ramiz. Demak, gorizontga qiya otilgan jism bir vaqt ning o'zida gorizontal va vertikal yo'nalishlar bo'ylab harakatlanar ekan. Gorizontal yo'nalishda jism tekis harakatlanadi. U vertikal yo'nalishda maksimal balandlikka ko'tarilguncha tekis sekinlanuvchan, so'ngra pastga qarab tekis tezlanuvchan harakat qiladi (1.11-rasm). Gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakat trayekto riyasi parabola ko'rinishida bo'ladi. Jism uchish jarayonida bir vaqtning o'zida gorizontal va vertikal yo'nalishlarda harakatlanayotganligi uchun jismning v0 boshlang'ich tezligini gorizontal (vox) va vertikal (v oy) tashkil etuvchilarga ajratamiz: Hisoblarni soddalashtirish uchun havoning qarshiligini hisobga olmaymiz. Jismning istalgan t vaqtdan keyingi gorizontal yo'nalishdagi ko'chishi quyidagi tenglikdan aniqlanadi. Jismning istalgan t vaqtdagi gorizontal va vertikal yo'nalishdagi tezligi quyidagi tengliklardan aniqlanadi: Gorizontga qiyalatib otilgan jismning harakati davomida tezligining gorizontal tashkil etuvchisi o'zgarmasa-da, tezlikning vertikal tashkil etuvchisi ko'tarilishda tekis kamayib boradi va trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida nolga teng bo'ladi. Demak, gorizontga burchak ostida otilgan jism trayektoriyasining eng yuqori nuqtasida minimal tezlikka ega bo'ladi: Shundan so'ng, jism shu nuqtadan 0x tezlik bilan gorizontal otilgan jism kabi harakat qiladi. Jism trayektoriyasining eng yuqori ko'tarilish nuqtasida vy = 0 yoki v0 sinα - gt = 0 munosabatdan ko'tarilish vaqtini aniqlaymiz: Jismning maksimal ko'tarilish balandligi quyidagicha bo'ladi Jismning pastga qarab harakatlanish (tushish) vaqti, uning yuqoriga ko'tarilish vaqtiga teng, ya'ni tk = tt. Bundan jismning umumiy uchish vaqti: Gorizontga burchak ostida otilgan jism gorizontal yo'nalishda tekis harakat qiladi. Shu bois jismning ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
778.52 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
778.52 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan