10-sinf Fizika fanidan Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog'liqligi dars taqdimoti

10-sinf Fizika fanidan Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog'liqligi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog'liqligi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 21-mavzu: Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog'liqligidan texnikada foydalanish Suyuqlik tinch holatda turganiga nisbatan harakat holatida bosim o'zgarishini ko'rdik. Bu bosim dinamik bosimga bog'liq deyiladi. Dinamik bosim suyuqlik yoki gazning tezligiga bog'liq bo'lishini kuzatish uchun quyidagicha tajriba o'tkazaylik. Ikki varaq qog'oz olib, tik holatda ushlaylik. So'ngra qog'oz orasiga puflaylik (4.19-rasm). Shunda qog'ozlar bir-biriga tomon intilib yaqinlashadi. Buning sababi shundaki, qog'ozlar orasidagi havo pufl ash natijasida harakatga keladi va u joydagi bosim kamayadi. Qog'ozlarning tashqi tomonidagi bosim, ichki qismidagidan katta bo'lib qolganligi tufayli, qog'ozlarni siquvchi kuch paydo bo'ladi. Bir tomonga harakatlanayotgan ikkita kema ba'zan hech qanday sababsiz to'qnashib ketganligi kuzatilgan. Buning sababini ham xuddi ikkita qog'oz varag'i orasiga puflanganida bosimlar farqi hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. 1. Samolyot qanotini ko'taruvchi kuch. Samolyotlarning parvozi ham aynan shu hodisani o'rganish tufayli amalga oshirildi. Buni samolyot qanotining maxsus tuzilishi bilan tushuntiriladi (4.20-rasm). Samolyot qanoti suyri shaklida yasalib, unga kelib urilayotgan shamol, qanotning ostki va ustki tomonidan o'tadi. Ustki qismida shamol o'tishi kerak bo'lgan yo'l pastki qismidan ko'proq. Shu sababli ustki qismida shamol tezligi pastkisidan kattaroq bo'lishi kerak. Demak, shamol tezligi katta bo'lgan joydagi bosim p1 shamol tezligi kichik bo'lgan ostki qismidagi bosim p2 dan kichik bo'ladi. Natijada pastdan yuqoriga yo'nalgan bosimlar farqi p = p2 - p1 hosil bo'ladi. Oqim turbulent bo'lsa, bosimlar farqi katta bo'ladi. Shu bosimlar farqi tufayli samolyot qanotini ko'taruvchi kuch hosil bo'ladi. 2. Magnus effekti. Futbol maydonida burchakdan tepilgan to'pning burilib darvozaga kirganini televizorda yoki stadionda kuzatganlar ko'p. To'pning burilishiga nima majbur qiladi? Bunga sabab shuki, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 583.03 KB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 583.03 KB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga