10-sinf Fizika fanidan Issiqlik dvigatellari dars taqdimoti

10-sinf Fizika fanidan Issiqlik dvigatellari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Issiqlik dvigatellari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 29-mavzu: Inson hayotida issiqlik dvigatellarining ahamiyati. Issiqlik dvigatellari va ekologiya Issiqlik dvigatellari. Issiqlik dvigatellariga bug' mashinasi, bug' turbinasi, ichki yonuv dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi. Bug' mashinasi. Bug' mashinalari va bug' turbinalarida isitkich vazifasini bug' qozoni, ishchi modda vazifasini bug', sovitkich vazifasini esa atmosfera yoki ishlatilgan bug'ni sovitish qurilmasi - kondensator bajaradi. Ichki yonuv dvigateli. Ichki yonuv dvigatelida isitkich va ishchi modda vazifasini yonilg'i, sovitkich vazifasini esa atmosfera o'taydi. Odatda, yonilg'i sifatida benzin, spirt, kerosin va dizel yoqilg'isi ishlatiladi. Maxsus qurilma (masalan, benzinli dvigatellarda karburator) yordamida yonilg'i va havo aralashma ko'rinishida tayyorlanib, silindrga uzati ladi. Silindrda esa aralashma yonadi. Yonish mahsulotlari esa atmo sferaga chiqarib tashlanadi. Endi ba'zi turdagi dvigatellarga batafsil to'xtalamiz. Karburatorli dvigatel. To'rt taktli karburatorli dvigatelning ish prinsipi va ishchi diagrammasini ko'raylik (6.6-rasm). Tashqi kuchlar ta'sirida porshen pastga qarab harakatlanganda (6.6 a-rasm) kiritish klapani ochilib ishchi aralashma silindrga tushadi. Jarayon atmosfera bosimi ostida izobarik ravishda ro'y beradi. Porshen eng quyi holatga yetganida kiritish klapani yopilib, birinchi takt (so'rish takti) tugaydi: grafikda jarayon 0-1 to'g'ri chiziq bilan ko'rsatilgan. Ikkinchi (siqish) takti ham (6.6-b rasm) tashqi kuch ta'sirida ro'y beradi. Har ikkala klapan ham yopiq va gaz adiabatik ravishda qiziydi. Bu grafi kda 1-2 chiziqqa to'g'ri keladi. Uchinchi takt ish jarayonida chaqnab yonish (6.6-d rasm). Porshen eng yuqori holatga yetganida o't oldiruvchi svecha uchquni aralashmani yoqadi va gazning bosimi keskin ortadi. Grafikda bu 2-3 izoxorik jarayonga mos keladi. Klapan yopiq turib, porshen pastga qarab harakatlanadi, ya'ni adiabatik ravishda kengayadi. 3-4 chiziq ishchi yo'li taktiga to'g'ri keladi (6.6-d ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 855.54 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 855.54 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga