10-sinf fizika darsligi asosida 12-mavzu: Jism og'irligining harakat turiga bog'liqligi Hozirgi kunda ko'pgina ma'muriy binolar, turarjoylar ko'p qavatli qilib qurilgan. Yuqori qavatlarga chiqish va tushish uchun liftlardan foydalaniladi. Liftda chiqayotgan va tushayotgan odam harakatini qaraylik 1. Massasi m bo'lgan odam liftda turibdi. Lift pastga yoki yuqoriga o'zgarmas v=const tezlik bilan harakatlanayotgan holda (2.5-a rasm.) odamning lift poliga (tayanchga) beradigan ta'siri (og'irligi) P = mg bo'ladi. Boshqacha aytganda, lift o'zgarmas tezlik bilan harakatlanganda jism og'irligi lift tinch holatda turganda qanday bo'lsa, shundayligicha qoladi. 2. Lift pastga a tezlanish bilan tushmoqda (2.5-b rasm.). U holda Nyutonning ikkinchi qonuniga ko'ra Bundan ko'rinadiki, lift pastga tomon α tezlanish bilan harakatlansa, odamning og'irligi ma ga kamayar ekan. Agar liftni ushlab turuvchi tros keskin bo'shatilsa, lift pastga tomon a = g tezlanish bilan harakatlanadi va odamning og'irligi Jismning tayanchga yoki osmaga ko'rsatadigan kuchi nolga teng bo'la digan, ya'ni og'irligi yo'qoladigan holatga vaznsizlik deyiladi. Demak, jism vaznsizlik holatiga o'tishi uchun pastga tomon g = 9,81 ms2 tezlanish bilan harakatlanishi kerak. Bundan jismlar erkin tushayotganda vaznsizlik holatida bo'lishi kelib chiqadi. Qisman vaznsizlik holati arg'imchoq uchayotganda, sakrashning tushish qismida, qiyalikdan inersiyasi bilan sakragan motosiklchida kuzatiladi. Bu juda qisqa vaqt davom etadi. Yerning sun'iy yo'ldoshlarida, orbital stansiyalarda istiqomat qiluvchi kosmonavtlar uzoq muddat vaznsizlik holatida bo'ladi. Bunday paytda inson organizmida qon aylanishi va oziqlanish tizimi buziladi. Orbital stansiyalarda vaznsizlik holatining zararli oqibatlarini tugatish uchun maxsus choralar ko'riladi. 3. Lift yuqoriga tomon a tezlanish bilan ko'tarilmoqda (2.5-d rasm). Bunda odamning lift poli (tayanch)ga ko'rsatadigan og'irligi ga teng bo'ladi. Bundan ko'rinadiki, lift yuqoriga ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
797.16 KB
Ko'rishlar soni
822 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
797.16 KB
Ko'rishlar soni
822 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan