10-sinf fizika darsligi asosida 17-mavzu: Jismlarning muvozanatda bo'lish shartlari Uyning shiftiga osilgan qandil misolida qo'yilgan kuchlarni qaraylik (4.1- rasm). Buning uchun, avvalo, 6-sinfda o'rganilgan jismlarning massa markazi haqidagi tushunchani eslaylik. Massa markazi deyilganda jismning barcha massasi mujassam bo'lgan xayoliy nuqta tushuniladi. Shunga ko'ra jismga ta'sir etayotgan kuchlarni massa markaziga nisbatan olamiz. Osib qo'yilgan lampaga pastga yo'nalgan og'irlik kuchi ta'sir qiladi. Natijada uni tutib turuvchi ip tarang bo'lib tortiladi. Ipda hosil bo'lgan taranglik kuchi va og'irlik kuchi massa markazidan o'tuvchi to'g'ri chiziqda yotadi va yo'nalishi jihatidan qarama-qarshi bo'ladi. Bu kuchlar son qiymati jihatidan teng bo'ladi. Bu kuchlarni vektorlarni qo'shish qoidasiga binoan qo'shilsa, natijaviy kuch nolga teng bo'ladi. Shunga ko'ra lampa muvozanatda qo'ladi. Biror-bir jism qiya tekislikda muvozanatda turgan holni ko'raylik (4.2-rasm). Bunda jismga qo'yilgan kuchlarni massa markaziga nisbatan qaraylik. Jismga avvalo og'irlik kuchi mg→ ta'sir qiladi. Bu kuchni F1 va F→2 tashkil etuvchilarga ajrataylik. Bunda F→1 kuch jismni qiya tekislik bo'ylab pastga sirpantirishga harakat qiladi. F→2-kuch qiya tekislik yuzasiga beradigan bosim kuchini hosil qiladi. Bu kuch yuza tomonidan jismga reaksiya kuchi N→hosil bo'lishiga olib keladi. Jism sirpanishiga qarama-qarshi yo'nalishda ishqalanish kuchi F→3 ta'sir qiladi. Bu holda ham jismga ta'sir etayotgan barcha kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi xulosani chiqarish mumkin: Aylanish o'qiga ega bo'lmagan jism yoki jismlar sistemasi muvozanatda qolishi uchun unga ta'sir etayotgan kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'lishi kerak. Muvozanat turlari. Agar biror jism muvozanatda turgan bo'lsa, uni doimo shunday holatda qoladi deb bo'lmaydi (4.3-rasm). Chunki real sharoitlarda unga tashqaridan tasodifi y turtkilar berilib turiladi. ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
686.5 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
686.5 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan