10-sinf fizika darsligi asosida 3-mavzu: Jismlarning vertikal harakati Biror jismni qo'limizda ushlab turib, so'ng uni qo'yib yuborsak, jism tortish kuchi natijasida to'g'ri yer sirtiga tomon harakatlanadi. Jismning bunday harakati pastga qarab vertikal harakat deyiladi. Bunday harakatlar bilan siz 7-sinfda tanishgansiz. Bu mavzuda uni biz harakatlarning mustaqillik prinsipi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqamiz. Jism vertikal harakatlanganda unga bitta yoki bir nechta kuchlar (og'irlik kuchi, havoning qarshilik kuchi, Arximed kuchi) ta'sir qiladi. Jismning yuqoriga tik (vertikal) harakatida masalani soddalashtirish maqsadida havoning qarshilik kuchini va Arximed kuchini hisobga olmaymiz. Jismni yuqoriga vertikal yo'nalishda v0 boshlang'ich tezlik bilan uloqtirib, uning harakatini kuzataylik (1.1-rasm). Agar jism faqat shu v0 tezlik bilan yuqoriga harakatlanganda u t vaqt ichida h1 = v0 · t balandlikka ko'tarilgan bo'lar edi. Ammo yerning tortish kuchi ta'sirida shu t vaqt ichida jismning ko'tarilish balandligi h2 = gt2 2 ga kamayadi. U holda jismning ko'tarilishi mumkin bo'lgan balandlik h = h1 - h2 ga teng bo'ladi, ya'ni jismning harakat tenglamasi ifoda yordamida aniqlanadi. Jism eng baland ko'tarilish nuqtasiga yetganidan so'ng to'xtaydi (v = 0) va pastga qarab vertikal harakatini boshlaydi. (1.4) ifodaning chap tomonini nolga tenglab, jismning ko'tarilishi uchun ketgan vaqtini hisoblash ifodasiga ega bo'lamiz: Havoning qarshiligi hisobga olinmas darajada kichik bo'lgan sharoitda yuqoriga tik otilgan jismning ko'tarilishi uchun ketgan vaqti uning tushish vaqtiga teng bo'ladi, ya'ni t k= t t. Shuningdek, jism qanday tezlik bilan yuqoriga tik otilsa, u otilgan joyiga xuddi shunday tezlik bilan qaytib tushadi. Pastga vertikal otilgan jismning harakati tekis tezlanuvchan harakatdan iborat bo'ladi. Bunda jismning t vaqtdan keyingi ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
715.95 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
715.95 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan