10-sinf fizika darsligi asosida 13-mavzu: Jismning bir necha kuch ta'siridagi harakati Nyutonning ikkinchi qonunini o'rganishda jismga faqat bitta kuch ta'sir etayotgan hol ko'rib chiqilgan edi. Nyutonning uchinchi qonunini o'rganishda jismlar ta'sirlashganda bir nechta kuchlar o'zaro ta'sirlashishini ko'rdik. Kundalik turmushda ham jismga faqat bitta kuch ta'sir etadigan hol kuzatilmaydi. Harakatlanayotgan jismlarga tortuvchi kuchdan tashqari ishqalanish kuchi ham ta'sir qiladi. Gorizontal sirtda turgan m massali jismga Ft tortuvchi kuch ta'sir qilayotgan bo'lsin. Bu paytda unga Fish ishqalanish kuchi ham ta'sir qiladi. Agar Ft Fish bo'lsa, jism harakatga keladi. Bunda jismning olgan tezlanishini aniqlash uchun qaysi kuchdan foydalanamiz? Bunda teng ta'sir etuvchi kuch tushunchasidan foydalaniladi. Teng ta'sir etuvchi kuch deyilganda jismga qo'yilgan barcha kuchlarning geometrik yig'indisi, ya'ni natijaviy kuch tushuniladi. Mazkur holda Tortuvchi kuch va ishqalanish kuchlarining vektor yig'indisini koordinata o'qlariga proyeksiyalar bilan almashtirib, algebraik yig'indisi olinadi. U holda jismga ta'sir etuvchi kuchlar o'zaro qarama-qarshi yo'nalganligidan uning moduli bilan aniqlanadi. Jismning olgan tezlanishi Nyutonning ikkinchi qonuniga ko'ra bilan aniqlanadi. Jismga bir nechta kuchlar ta'sir etadigan hol uchun ikkita masalani ko'rib chiqaylik. 1. Qiya tekislikka qo'yilgan jismning muvozanat sharti va tushish tezlanishini qaraylik (2.6-rasm). Bunda α - qiya tekislikning qiyalak burchagi. Qiya tekislik bilan unga qo'yil gan taxtacha orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti μ ga teng. Qiya tekislikda turgan taxtachaga og'irlik kuchi mg , normal reaksiya kuchi N → va qiya tekislik bo'ylab yuqoriga yo'nalgan tinch holatdagi ishqalanish kuchi Fishq. ta'sir qiladi. x o'qini qiya tekislik bo'ylab pastga yo'naltiramiz, y - o'qini tekislikka perpendikulyar yo'naltiramiz. Qiya tekislikda jism muvozanatda qolishi uchun unga ta'sir qiluvchi ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
746.02 KB
Ko'rishlar soni
395 marta
Ko'chirishlar soni
57 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
746.02 KB
Ko'rishlar soni
395 marta
Ko'chirishlar soni
57 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan