10-sinf fizika darsligi asosida 42-mavzu: Metall o'tkazgichlar qarshiligining temperaturaga bog'liqligi Metall o'tkazgichlarning qarshiligi temperatura o'zgarishiga qanday bog'liq? Buni mulohaza qilib ko'raylik. Bir tomondan temperaturaning ortishi erkin elektronlar tezligining va to'qnashishlar sonining ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, kristall panjara tugunlaridagi ionlarning tebranish amplitudasi va uning harakatlanayotgan elektronlar bilan to'qnashuvlari soni ortadi. Natijada zaryadlangan zarralarning tartibli harakat tezligi kamayadi, bu esa tok kuchining kamayishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, temperatura ortganda birlik hajmdagi erkin elektronlar soni ortadi. Masalan, elektrolit eritmalarda ionlar soni ortadi. Qaysi faktor ko'proq rol o'ynasa, temperaturaning ortishi o'tkazgich qarshiligining ortishiga yoki kamayishiga olib kelishi mumkin. Mazkur mulohazalarning to'g'riligini tekshirish uchun quyidagi tajriba o'tkazilgan. Elektr lampochkasiga ketma-ket holda spiral shaklida bukilgan temir sim ulangan (9.3-rasm). Dastlab, lampochka ravshan yonib turadi. Spiral qizdirilsa, lampochka ravshanligi kamayadi. Agar ularga ketma-ket ampermetr ulansa, o'tuvchi tok kuchining kamayganligini ko'r sa tadi. Bu tajriba spiral qizdiril ganda uning qarshiligi ortishini ko'rsatadi. Shunday tajribani boshqa metallar yoki metall qotish malari bilan o'tkazib ko'rish mumkin. Demak, metall o'tkazgichlar qizdirilganda ularning qarshiligi ortar ekan. Agar 0 °C da o'tkazgich qarshiligi R0, t temperaturada R bo'lsa, ular orasidagi bog'lanish bo'ladi. Bunda: α - qarshilikning temperatura koeffi tsiyenti deyiladi. Uning fizik ma'nosini anglab yetish uchun ni hosil qilamiz. Demak, α - koeffi tsiyent, temperatura 1°C ga o'zgarganda o'tkazgich qashiligining o'zgarishi 00C dagi qarshiligining qancha qismini tashkil etishini ko'rsatadi. Aniq ishlaydigan elektron sxemalarda o'tkazgich qarshiligining temperaturaga bog'liqligini hisobga olish zarur bo'ladi. Uni hisobga olmaslik qo'shimcha xatoliklarning yuzaga kelishiga sababchi bo'lishi mumkin. O'tkazgichlar qizdirilganda ularning geometrik o'lchamlari kam o'zgaradi. O'tkazgichning qarshiligi asosan solishtirma ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
820.39 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
820.39 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan