10-sinf Fizika fanidan Mexanik harakat turlari, harakat mustaqillik prinsipi dars taqdimoti

10-sinf Fizika fanidan Mexanik harakat turlari, harakat mustaqillik prinsipi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Mexanik harakat turlari, harakat mustaqillik prinsipi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 2-mavzu: Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik prinsipi 7-sinfda siz turli mexanik harakatlar bilan tanishgansiz. Ularni birgalikda eslaylik: To'g'ri chiziqli tekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to'gri chiziqdan iborat bo'ladi. Harakat tezligining kattaligi va yo'nalishi o'zgarmaydi. Bosib o'tilgan yo'l s = v·t formula bilan aniqlanadi. 2. To'g'ri chiziqli notekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to'gri chiziqdan iborat bo'ladi. Harakat tezligining kattaligi o'zgaradi, lekin yo'nalishi o'zgarmaydi. Bosib o'tilgan yo'l s=vo'rt·t formula bilan aniqlanadi. Bunda vo'rt - jismning o'rtacha tezligi. 3. To'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat. Bunday harakatda jism harakat trayektoriyasi to'gri chiziqdan iborat bo'ladi. Harakat tezligining kattaligi bir tekisda ortib (kamayib) boradi, ya'ni teng vaqtlar ichida bir xil kattalikka ortadi (kamayadi), lekin yo'nalishi o'zgarmaydi. Bosib o'tilgan yo'l formula bilan aniqlanadi (+ˮ) ishora tekis tezlanuvchan, a 0, ( - ˮ) ishora tekis sekinlanuvchan (a 0) bo'lganda qo'yiladi). 4. Egri chiziqli tekis harakat. Egri chiziqli harakatning xususiy holi sifatida aylana bo'ylab tekis harakatni olish mumkin. Bunday harakatda har doim tezlik yo'nalishi uzluksiz o'zgarib, trayektoriyaga urinma bo'ylab yo'nalgan bo'ladi. Harakatning asosiy parametrlari: v - chiziqli tezlik; ω - burchak tezlik; T - aylanishlar davri; v - aylanishlar chastotasi; S yoy - yoy uzunligi; s - bosib o'tilgan yo'l. Shuni ta'kidlash joizki, yuqorida keltirilgan harakatlarda jism faqat bitta harakatda qatnashgan hollar o'rganilgan. Hayotda ko'pincha jismlar bir vaqtning o'zida bir nechta harakatda qatnashadi. Masalan, daryo bo'ylab harakatlanayotgan kema, poyezd vagoni ichida yurib ketayotgan odam, uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yuk va h.k. Bunda daryoda harakatlanadigan kema o'z dvigatelining tortish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 837.64 KB
Ko'rishlar soni 297 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 837.64 KB
Ko'rishlar soni 297 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga