10-sinf Fizika fanidan Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar dars ishlanma

10-sinf Fizika fanidan Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 18-mavzu: Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar 6-sinfda Siz oddiy mexanizmlardan richag, qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas bloklar, chig'iriq va lebyodka bilan tanishgansiz. Ularning ishlashiga e'tibor berilsa, barchasida aylanish o'qlari mavjud bo'ladi. Bunday jismlarning muvozanatda bo'lishi uchun ularga ta'sir etayotgan kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'lishi yetarli emasligi ham aytilgan edi. Bunda kuch qo'yilgan nuqtaning, aylanish o'qidan qanday uzoqlikda bo'lishiga ham bog'liq bo'ladi. Kuch qo'yilgan nuqtadan, aylanish o'qigacha bo'lgan eng qisqa masofaga kuch yelkasi deb ataladi. Bunda, kuch va yelka har doim o'zaro perpendikulyar bo'ladi. Kuchning kuch yelkasiga ko'paytmasiga kuch momenti deyiladi: M = F · l, Kuch momenti birligi [M] = 1 N · m. Jism kuch momenti ta'sirida aylanish o'qi atrofi da buriladi. Bunda jismga ta'sir etayotgan kuch momenti, juft kuch ta'siriga o'xshash bo'ladi. Juft kuch deyilganda, yo'nalishi qarama-qarshi, kattaliklari teng, lekin bir o'qda yotmaydigan kuchlar tushuniladi. Bunga misol tariqasida avtomobil rulining burilishini keltirish mumkin (4.6-rasm). Aylanish o'qi rulning o'rtasida bo'lib, unga juft F1 kuchlar ta'sir etadi. Natijaviy kuch momenti rulni bir tomonga burovchi momentlarni o'zaro qo'shib topiladi: Agar aylanish o'qiga ega bo'lgan jismga bir nechta kuchlar ta'sir etayotgan bo'lsa, bu kuchlarning momentlarini o'zaro qo'shish orqali natijaviy moment topiladi. Bunda jismni soat strelkasi yo'nalishida aylantiruvchi kuch momentlarini musbat ishorada, soat strelkasi yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalishda aylantiruvchi kuch momentlarini manfi y ishorada olinadi. 4.7-rasmda masshtabli chizg'ichning O nuqtasidan shtativga osilib, undan turli uzoqlikda qo'yilgan yuklar keltirilgan. Bunda A nuqtaga osilgan yuklar og'irligi F1 ga, aylanish o'qidan uzoqligi l1 ga teng bo'lib chizg'ichni soat strelkasi yo'nalishida harakatlantiruvchi momentni hosil qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 11.39 MB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 Arxiv ichida: pptx, pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 11.39 MB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, pdf
Tepaga