10-sinf Fizika fanidan Suyuqlik va gazlar harakati, Bernulli tenglamasi dars taqdimoti

10-sinf Fizika fanidan Suyuqlik va gazlar harakati, Bernulli tenglamasi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Suyuqlik va gazlar harakati, Bernulli tenglamasi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 20-mavzu: Suyuqlik va gazlar harakati, oqimning uzluksizlik teoremasi. Bernulli tenglamasi Siz tinch holatda turgan suyuqlik va gazlarning idish devoriga bosim berishi haqida bilib olgansiz. Tabiatda va turmushda suyuqlik tinch holatdan tashqari, harakatda ham bo'ladi. Ariq, kanal, daryolar va vodoprovod quvurlarida oqayotgan suvda qanday kuchlar vujudga keladi? Buni o'rganish uchun ariqda oqayotgan suv yuzasi holatini bir eslab ko'raylik. Suvi mo'l, keng kanalda sekin oqayotgan suvning o'rta qismi bir tekisda, taxminan bitta chiziq bo'ylab, harakat qiladi. Buni suvda birga oqib kelayotgan cho'plar harakatini kuzatib ishonch hosil qilish mumkin (4.14-rasm). Bunday oqim qatlamli yoki laminar oqim deyiladi. Tog'dan tushib kelayotgan ariq suvi tez oqadi. Unga tashlangan mayda cho'plar, barglar harakati kuzatilsa, ko'pchilik joylarida girdob, ya'ni uyurma ko'rinishidagi harakatlar hosil bo'ladi (4.15-rasm.) Bunday oqimga turbulent oqim deyiladi. Demak, suyuqlik biror-bir nayda oqqanda suyuqlikning nay devorlariga ishqalanishi tufayli qatlamlarning siljishi nayning o'rta qismida tezroq, chetki qismlarida sekinroq bo'lar ekan. Ishqalanishni hisobga olmagan holda, suyuqlikning ko'ndalang kesim yuzasi o'zgaradigan nay bo'ylab oqishini qaraylik (4.16-rasm) Suyuqlik nayning S1 yuzaga ega bo'lgan qismiga v1 tezlik bilan kirib, S2 yuzali qismidan v2 tezlik bilanchiqib ketadi. Kichik bir Δt vaqt ichida S1 yuzadan m1 massali suyuqlik, S2 yuzadan m2 massali suyuqlik oqib o'tadi. Massaning saqlanish qonuniga asosan m1 = m2 . Massalar o'rniga suyuqlik zichligi ρ va hajmi V orqali ifodasini qo'ysak ρ1 S1 v1 Δt = ρ2 S2 v2 Δt. Suyuqlikning siqilmasligi hisobga olinsa, ρ1 = ρ2 bo'ladi. U holda S1 v1 Δt = S2 v2 Δt bo'ladi. Tenglikning ikkala tomonini Δt ga bo'lib yuborsak, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 663.2 KB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 663.2 KB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga