10-sinf Fizika fanidan Termodinamika qonunlari dars taqdimoti

10-sinf Fizika fanidan Termodinamika qonunlari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Termodinamika qonunlari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 27-mavzu: Issiqlik jarayonlarining qaytmasligi. Termodinamika qonunlari Termodinamik jarayonda sistema boshlang'ich holatdan oraliq holatlar orqali oxirgi holatga o'tadi. Bu o'tish qaytar va qaytmas bo'lishi mumkin. Qaytar jarayon deb, sistema biror holatga o'tganda oxirgi holatdan boshlang'ich holatga o'sha oraliq holatlar orqali teskari ketma-ketlikda o'tishiga aytiladi. Masalan, ishqalanishsiz bo'ladigan barcha sof mexanik jarayonlar qaytar jarayonga misol bo'ladi. Jumladan, uzun ilgakka osilgan og'ir mayatnikning tebranishi qaytar jarayonga yaqin bo'ladi. Bu holda kinetik energiya amalda to'la potensial energiyaga aylanadi. Shuningdek, teskarisi ham o'rinli. Muhitning qarshiligi kichik bo'lganligi sababli tebranish amplitudasi sekin kamayadi va tebranish jarayoni uzoq davom etadi. Ma'lum qarshilikka uchraydigan yoki issiq jismdan sovuq jismga issiqlik uzatish bilan ro'y beradigan har qanday jarayon qaytmas bo'ladi. Amalda barcha real jarayonlar qaytmas jarayonlardir. Yuqoridagi keltirilgan mayatnik misolidagi jarayon ham qaytmasdir, chunki ishqalanishni yo'qotib bo'lmaydi. Shu sababli mexanik energiyaning bir qismi hamma vaqt issiqlikka aylanadi va qaytmas bo'lib atrof-muhitga sochilib ketadi, demak, atrofdagi jismlarda o'zgarish sodir bo'ladi, shuning uchun jarayon qaytmas deyiladi. Shuningdek, issiq jismdan sovuq jismga issiqlik miqdorining uzatilish jarayoni ham qaytmas jarayonlarga misol bo'la oladi. Umuman, tabiatda qaytar jarayonlar mavjud emas. Real jarayonlarning hammasi qaytmasdir. Qaytar jarayonlar ideallashtirilgan tushunchadir. Ichki energiya. Termodinamik sistema ko'plab molekulalar va atomlardan tashkil topganligi sizga ma'lum. U ichki energiyaga ega, ya'ni molekulalar doimo harakatda bo'lganligi uchun kinetik energiyaga ega. Shu bilan birga modda molekulalari orasida o'zaro ta'sir kuchi bo'lganligi sababli molekulalar o'zaro ta'sir potensial energiyasiga ega bo'ladi. Termodinamik sistemaning ichki energiyasi deb, uning barcha moleku lalarining tartibsiz harakat kinetik energiyalari va ularning o'zaro ta'sir potensial energiyalarining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 645.34 KB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 645.34 KB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga