10-sinf fizika darsligi asosida 36-mavzu: Tok kuchi va tok zichligi. Elektr tokining ta'sirlari Agar o'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzasidan istalgan teng vaqtlar ichida teng miqdordagi zaryadlar oqib o'tsa, o'tkazgichdan o'zgarmas tok o'tmoqda deyiladi. O'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzasidan oqib o'tgan zaryad miqdori (q) ning shu sarfl angan t vaqt oralig'iga nisbati bilan o'lchanadigan fizik kattalikka tok kuchi deyiladi: Elektr tokining asosiy xarakteristikalaridan biri tok zichligi (j) hisoblanadi. Tok zichligi deb, tok kuchi I ning tok oqib o'tayotgan yo'nalishga perpendikulyar bo'lgan ko'ndalang kesim yuzasi S ga nisbati bilan o'lchanadigan fizik kattalikka aytiladi: ko'rinishda ifodalash mumkin. Bunda: n - zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi; e - elektron zaryadi; vo'rt - zaryadli zarralar tartibli harakatining o'rtacha tezligi; S - tok o'tayotgan o'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzasi. U holda tok zichligini ne - ko'paytma zaryad zichligini xarakterlaydi (birlik hajmdagi zaryad). Shunga ko'ra j = re vo'rt bo'ladi. Tok zichligi vektor kattalik bo'lib, musbat zarra tezligi vo'rt yo'nalishi bilan mos tushadi. O'tkazgichdagi tok zichligi, o'tkazgich qanchalik darajada elektr energiyasi bilan yuklanganligini ko'rsatadi. O'tkazgichda ortiqcha isrofl arga yo'l qo'ymaslik hamda qimmatga tushmaslik uchun undagi tok zichligini optimal holda tanlash kerak bo'ladi. Tok zichligi kattaligiga o'tkazgich materiali ta'sir etmasa-da, texnikada o'tkazgichning solishtirma qarshiligi va uzunligiga qarab tanlanadi. Maishiy maqsadlarda ishlatiladigan o'tkazgichlarni tokning tejamkor rejimiga moslab tanlanadi. Xonadonlarda ishlatiladigan simlar uzun bo'lmaganligidan, uning tejamkor tok zichligini 6 - 15 A mm2 oralig'ida olinadi. Xonadondagi suvoq tagiga joylashtirilgan diametri 1,78 mm (2,5 mm2 ) bo'lgan PVX izolyatsiyali mis o'tkazgich 30, hatto 50 A tok kuchiga bardosh bera oladi. Elektr uzatish liniyalarida tejamkor tok zichligi ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 10:36:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
873.39 KB
Ko'rishlar soni
438 marta
Ko'chirishlar soni
60 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
873.39 KB
Ko'rishlar soni
438 marta
Ko'chirishlar soni
60 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan