10-sinf Fizika fanidan Tok manbalarini ketma-ket va parallel ulash dars taqdimoti

10-sinf Fizika fanidan Tok manbalarini ketma-ket va parallel ulash dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Tok manbalarini ketma-ket va parallel ulash dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 38-mavzu: Tok manbalarini ketma-ket va parallel ulash Elektr tokining kimyoviy manbalarining qutblarida hosil bo'ladigan EYuKning qiymati kichik bo'ladi. Masalan, galvanik elementlar turkumiga kiruvchi Daniel elementining EYuK 1,11 V ga, Leklanshe elementiniki 1,4 V ga teng. Kislotali akkumulyatorining zaryadlagan zahoti o'lchangan EYuK 2,7 V bo'lsa, ishqorli akkumulyatorlarniki 1,3 V bo'ladi. Ko'pgina texnik qurilmalarni ishlatish uchun katta kuchlanish talab qilinadi. Masalan, avtomobil motorini aylantirib ishga tushirib yuborish uchun katta quvvatli 12 V li o'zgarmas tok manbayi kerak bo'ladi. Bunday paytlarda elementlar yoki akkumulyatorlarni o'zaro ketma-ket yoki parallel ulash kerak bo'ladi. Tok manbalarini o'zaro ketma-ket yoki parallel ulashda hosil bo'lgan zanjirlardagi tok kuchi va kuchlanishlarni hisoblashda Kirxgof qoidalaridan foydalaniladi. Tok o'tkazuvchi simlardan kamida uchtasi uchrashadigan nuqta tugun deyiladi. Tugunga kiruvchi tok yo'nalishini musbat, chiquvchi tok yo'nalishini manfiy deb qabul qilinadi (8.5-rasm). Kirxgofning birinchi qoidasi. Tugunga ulangan o'tkazgichlar orqali kiruvchi va undan chiquvchi toklarning algebraik yig'indisi nolga teng: Tarmoqlangan zanjirlarda har doim tok yo'nalishi bo'yicha bir qancha berk yo'llarni ajratib olish mumkin. Bunday berk yo'llar kontur deb ataladi. Ajratib olingan konturning turli qismlarida turlicha tok o'tishi mumkin. 8.6-rasmda oddiy tarmoqlangan zanjir keltirilgan. Kirxgofning ikkinchi qoidasi. Berk kontur tarmoqlaridagi kuchlanish tushuvlarining algebraik yig'indisi, konturdagi EYuKlarning algebraik yig'indisiga teng: Tok manbalarini hisoblashda chet kuchlarning yo'nalishi musbat hisoblanadi. Mazkur qoidalardan foydalangan holda tok manbalarini ketma-ket va parallel ulab o'rganamiz. Masalani soddalashtirish uchun ulanuvchi barcha elementlarning EYuK lari E ni va ichki qarshiliklari r ni teng deb olamiz. 1. n ta elementni ketma-ket ulab batareya tuzaylik (8.7-rasm). Uni tashqi R qarshilikka ulaylik. Kirxgofning ikkinchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 471 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 471 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga