10-sinf Fizika fanidan Yarimo'tkazgichlarda xususiy o'tkazuvchanlik dars taqdimoti

10-sinf Fizika fanidan Yarimo'tkazgichlarda xususiy o'tkazuvchanlik dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Yarimo'tkazgichlarda xususiy o'tkazuvchanlik dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Yarimo'tkazgichlarda xususiy o'tkazuvchanlik. Aralashmali o'tkazuvchanlik 10-sinf fizika darsligi asosida 43-mavzu: Tabiatda shunday moddalar borki, ularning birlik hajmda elektronlar soni o'tkazgichlarga nisbatan kam, lekin izolyator (dielektrik)larga nisbatan ko'p. Shu sababli bunday moddalarni yarimo'tkazgichlar deb ataldi. Yarimo'tkazgich moddalarda temperatura ortishi bilan ularning solishtirma qarshiligi kamayadi. Juda past temperaturalarda yarimo'tkazgich modda dielektrik bo'lib qoladi. Metallarga yorug'lik ta'sir etganda ularning elektr o'tkazuvchanligi deyarli o'zgarmaydi. Yarimo'tkazgichga yorug'lik tushirilganda ularning elektr o'tkazuvchanligi ortadi. Shunday qilib, yarimo'tkazgichlarning asosiy farqli tomonlari quyidagilardan iborat: elektr o'tkazish qobiliyatiga ko'ra metallar bilan dielektriklarning oraliq holatini egallaydi; isitilganda va yorug'lik tushirilganda solishtirma qarshiligi kamayadi. Yarimo'tkazgich xususiyatiga ega bo'lgan elementlarga germaniy, kremniy, tellur, selen va h.k.lar kiradi. Sizga kimyo fanidan ma'lumki, kimyoviy elementlar atom tuzilishi va xususiyatiga ko'ra, D. I. Mendeleyevning davriy jadvalida yarimo'tkazgich elementlar asosan II, IV va V guruhlarda joylashgan. Yarimo'tkazgichlarning tuzilishi. Xususiy o'tkazuvchanlik Yarimo'tkazgichlarda elektr tokining tabiatini tushunish uchun, ularning tuzilishini bilish kerak. Buning uchun tarkibida hech qanday chet moddalar bo'lmagan toza kremniy kristalini qaraylik. Siz 9-sinfda atom tuzilishi bilan tanishgansiz. Unda atomda elektronlar qobiq-qobiq bo'lib joylashishini ham bilib olgansiz. Kremniy atomida elektronlar qavatlar bo'yicha joylashganda uning eng tashqi qobig'ida to'rtta elektroni joylashadi. Qo'shni atomlar bir-birini shu elektronlar vositasida tutib turadi. Har bir atom qo'shni atom bilan o'zining bitta elektroni orqali bog'lanadi. Natijada ikkita atom o'zaro ikkita elektron orqali bog'lanadi. Bunday bog'lanishni kovalent bog'lanish deyiladi. Kovalent bog'lanishda qatnashayotgan elektronlarni valent elektronlar deb ham yuritiladi. Demak, valent elektronlar butun kristall atomlariga tegishli bo'ladi. Elektron o'tkazuvchanlik. Past temperaturalarda juft elektronlar hosil qilgan bog'lanish kuchli bo'lib, uzilmaydi. Shu sababli past temperaturalarda kremniy elektr ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 749.35 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 749.35 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga