10-sinf Fizika fanidan Zaryadning saqlanish qonuni dars taqdimoti

10-sinf Fizika fanidan Zaryadning saqlanish qonuni dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Fizika fanidan Zaryadning saqlanish qonuni dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 30-mavzu: Zaryadning saqlanish qonuni. Nuqtaviy zaryadning maydoni. Elektr maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinsipi Zaryadlarning saqlanish qonuni. Jismlar elektrlanganda ulardagi umumiy zaryad miqdori o'zgaradimi? Bu savolga javob topish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik (7.1 a-rasm). 7.1-rasm. a b Elektrometr olib, uning sterjeniga metall disk o'rnatamiz. Disk ustiga qalin movut o'rab, uning ustidan izolatsiya dastali boshqa diskni ishqalaylik. Bunda elektrometr strelkasi og'adi. Bu esa movutda va unga ishqalangan diskda elektr zaryadlari hosil bo'lganligini ko'rsatadi. Tajribani davom ettiramiz. Movutga ishqalangan diskni ikkinchi elektrometr sterjeniga tekkizamiz (7.1-b rasm). Bunda ikkinchi elektrometr strelkasi ham buriladi. Strelkaning og'ish burchagi birinchi elektrometr strelkasining og'ish burchagiga teng bo'ladi. Bu esa har ikkala disk son qiymati jihatidan teng miqdorda zaryadlanganligini ko'rsatadi. Agar har ikkala elektrometr sterjenlarini metall o'tkazgich bilan tutashtirilsa, har ikkala elektrometr strelkasi nol holatga kelganligini ko'ramiz. Bu hodisa elektrometrlar (disklar) son qiymati jihatidan teng, lekin ishoralari turlicha bo'lgan zaryadga ega bo'lganliklarini ko'rsatadi. Shu sababli bu zaryadlarning yig'indisi nolga teng chiqdi. Elektrlanishga oid o'tkazilgan barcha tajribalar shuni ko'rsatadiki, yagona jismni zaryadlab bo'lmas ekan. Jismni zaryadlash uchun albatta, ikkinchi jismning bo'lishi shart. Elektrlanish jarayonida jismlardan biri qancha manfi y zaryad olsa, ikkinchisi shuncha miqdordagi musbat zaryadga ega bo'ladi. Natijada jismlardagi umumiy zaryadlar miqdori o'zgarishsiz saqlanadi. Har qanday yopiq sistema ichidagi barcha jismlar zaryadlarining algebraik yig'indisi o'zgarmaydi ya'ni: q1 + q2 + +qn = const. (7.1) Bu xulosa elektr zaryadining saqlanish qonuni deb ataladi. Zaryadlarning saqlanish qonuni 1750-yilda amerikalik olim va siyosiy arbob Bendjamin Franklin tomonidan kiritilgan. Faradey va Maksvell nazariyasiga ko'ra zaryadlangan jismlar atrofida elektr maydon ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 778.58 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 778.58 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga