6-sinf Fizika fanidan Arximed qonuni va uning qo'llanilishi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Arximed qonuni va uning qo'llanilishi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Arximed qonuni va uning qo'llanilishi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 27-mavzu: Arximed qonuni va uning qo'llanilishi Suvga mix yoki kichkina tosh tashlansa, cho'kib ketadi. Lekin katta yog'och g'o'la, qayiq va ulkan kemalar suvda so'zib yuradi. Bunga sabab nima? Quyidagi tajribani o'tkazib ko'raylik. Dinamometrga suvda cho' kadigan biror jismni osib, uning og'irligini o'lchaylik. So'ngra uni suvli idishga tushiraylik (39-rasm). Bunda dinamo metr ko'r satishi ka maygan ligini ko'ra miz. Agar jism zichligi suvni kidan katta bo'l gan boshqa su yuqlikka botiril sa, dinamometr ko'rsatishi yanada kamayadi. Ko'rilgan tajribadan suyuqlikka botirilgan jismga uni yuqoriga ko'taruvchi kuch ta'sir etishini bilib olamiz. Demak, jismning suzishi yoki cho'kib ketishi shu ko'taruvchi kuchning jism og'irligidan katta yoki kichik bo'lishiga bog'liq ekan. Xo'sh, bu kuch kattaligi qanday aniqlanadi? Buning uchun navbatdagi tajribani o'tkazamiz. Zichligi suvdan katta bo'lgan kub shaklidagi jismni dinamometrga osib, havoda og'irligi aniqlanadi. Idishning jo'mragiga qadar suv to'ldiriladi (40-rasm). So'ngra dinamometrga osilgan yukni suvli idishga tushiriladi. Bunda suv toshib, tarozi ustiga qo'yilgan menzurkaga oqib tushadi. Bundan oldin menzurka tarozi ustiga qo'yilganda, tarozining ko'rsatishi belgilab olinadi. Menzurkaning suv bilan birgalikdagi massasidan unga tushgan suv massasi aniqlanadi. Menzurkadan toshib chiqqan suv hajmi ham aniqlanadi. Bunda jismning o'lchamlari chizg'ich bilan aniqlanib, hajmi hisoblansa, toshib chiqqan suv hajmiga tengligi kelib chiqadi. Shu suvning og'irligi hisoblansa, aynan suvga botirilgan jismning havodagi og'irligi Ph bilan suvdagi og'irligi Ps orasidagi farq F = Ph-Ps ga tengligi ko'rinadi. Demak, yuqoriga ko'taruvchi kuch jism siqib chiqargan suyuqlik og'irligiga teng bo'lar ekan. Bu qonuniyatni birinchi bo'lib tajriba asosida qadimgi grek olimi, fizik va matematik Arximed (eramizdan oldingi 287-212-yillar) aniqlagan. Shuning uchun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.47 MB
Ko'rishlar soni 271 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.47 MB
Ko'rishlar soni 271 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga