6-sinf Fizika fanidan Atmosfera bosimi va Torrichelli tajribasi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Atmosfera bosimi va Torrichelli tajribasi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Atmosfera bosimi va Torrichelli tajribasi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 26-mavzu: Atmosfera bosimi. Torrichelli tajribasi Siz suyuqlikning idish tubiga bosim berishini bilib oldingiz. Gazlar ham xuddi shunday bosim beradimi? Ular bosim berishi uchun massaga, ya'ni og'irlikka ega bo'lishi kerak. Buni tekshirish uchun quyidagicha tajriba o'tka zamiz. Yaxshi damlangan koptokni olib, elektron taroziga qo'yib massasini o'lchab olamiz. So'ngra koptokni olib, ichidagi havoni to'liq chiqarib yuboramiz. Taroziga koptokni qo'yamiz. Bunda tarozi ning ko'rsatishi kamay gan ligi ku zatiladi (34-rasm). Demak, havo ham ma'lum massaga ega ekan. Ma'lumki, Yerni havo qatlami o'rab turadi. U atmosfera deb ataladi. Demak, havo o'z og'irligi bilan Yer yuzasiga bosim berishi kerak. Bu bosim atmosfera bosimi deb ataladi. Atmosfera bosimini aniqlash uchun p = pgh formuladan foydalanib bo'lmaydi. Chunki atmosfera tarkibi turli gazlar aralashmasidan iborat bo'lib, aniq balandlikka ega emas. Havo tarkibida 78% azot, 21% kislorod va boshqa gazlar bor. Yer sirtiga yaqin joyda 0°C tempera turada o'lchangan havo zichligi 1,29 ga tengligi aniqlangan. Havo qatlamlarining zichligi balandlik ortishi bilan tez kamayib boradi. Masalan, Yer yuzidan 5,4 km balandlikda havoning zichligi uning Yer yuzidagi zichligidan 2 marta kichik, 11 km balandlikda 4 marta kichik bo'ladi. Yuqorilashgan sari havo siyraklasha borib, asta-sekin havosiz fazoga o'tadi. Atmosferaning aniq chegarasi yo'q. Havoni tashkil etgan zarralar og'irlikka ega bo'lsa, nima sababdan ularning hammasi Yer sirtiga tushib qolmaydi? Sababi shundaki, ular to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Unda nima sababdan raketa kabi ochiq kosmosga uchib ketmaydi? Gap shundaki, havo zarralarining tezligi Yer tortish kuchini yengish ga yetmaydi. Buning uchun ularning tezligi 11,2 dan kam bo'lmasligi kerak Atmosfera bosimining mavjudligiga quyidagi tajribalarni o'tkazib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga