6-sinf Fizika fanidan Blok, qiya tekislik, vint, pona va chig'iriqning qo'llanilishi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Blok, qiya tekislik, vint, pona va chig'iriqning qo'llanilishi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Blok, qiya tekislik, vint, pona va chig'iriqning qo'llanilishi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Oddiy mexanizmlar. Blok, qiya tekislik, vint, pona va chig'iriqning qo'llanilishi 6-sinf fizika darsligi asosida 33-mavzu: Inson mehnat qilish jarayonida ko'proq kuchiga emas, balki aqliga tayanadi. Og'ir yukni ko'tarishda, o'rnidan siljitishda oddiy mexanizmlardan foydalanishni insonlar qadimdan o'zlashtirib olishgan. Qurilishlarda chig'iriq, qiya tekislik, pona va bloklardan foydalanishgan. Blok. Blok qirrasi ariqchadan iborat g'ildirak bo'lib, undan ip, sim arqon yoki zanjir o'tkaziladi. Ipning bir uchiga yuk osib, ikkinchi uchidan tortiladi. Yukni ko'tarish davomida blok qo'zg'almasdan joyida qolsa, uni ko'chmas blok deyiladi (59-rasmda 1). Yuk bilan birgalikda harakatlanadigan blokni ko'char blok deyiladi (59-rasmda 2). Ko'chmas blokda yuk uchun kuch yelkasi AO masofa, F kuchning yelkasi OB masofa bo'ladi (60-a rasm). Ular teng bo'lganligidan F kuch yuk og'irligiga teng bo'ladi. Shu sababli ko'chmas blok kuchdan yutuq bermaydi. Ko'chmas blok kuch yo'nalishini o'zgartirib beradi. Ko'char blokda esa aylanish o'qi O nuqtaga to'g'ri keladi (60- b rasm). Shunga ko'ra yuk uchun yelka OA masofani, F kuch uchun yelka OB masofani tashkil etadi. OA = R, OB = 2R bo'lganligidan (R - g'ildirak radiusi) F · 2R = mg · R bo'ladi. Bundan Ko'char blok kuchdan ikki barobar yutuq beradi. Ko'char va ko'chmas bloklardan bir nechtasi o'zaro ulansa, uni polispast deb ataladi. Polispastda n ta ko'char blok qatnashsa, kuchdan 2n marta yutish mumkin bo'ladi. Qiya tekislik. Og'ir bochkani mashinaga ortishda qiya tekislikdan yumalatib chiqarish oson (61-rasm). Bunda F kuch og'irlik kuchining bir qismini tashkil etadi: Vint. Mashinalarning balloni teshilib qolganda, uni almashtirish uchun «domkrat» deb ataluvchi vintli ko'targichdan foydalaniladi. Uning ishlash tamoyilini 62-rasmdagi vintdan tushunish qiyin emas. Uydagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga