Jismlarning bosib o'tgan yo'li va unga ketgan vaqt. Bosib o'tilgan yo'l (masofa) va vaqt birliklari 6-sinf fizika darsligi asosida 19-mavzu: Mexanik harakatda jismning vaziyati vaqt o'tishi bilan o'zgarishini bilib oldingiz. Bu o'zgarishni xarakterlash uchun bosib o'tilgan yo'l va vaqt tushunchalari kiritiladi. Bosib o'tilgan yo'l deb jismning harakat trayektoriyasining uzunligiga aytiladi. Yo'lni o'lchash uchun uzunlik birligi metrdan foydalaniladi. Yo'lni inglizcha space - masofa, length - uzunlik so'zlarining bosh harfi s yoki l harflari bilan belgilanadi. Jism ma'lum bir vaqt mobaynida harakatlanadi. Vaqt juda murakkab tushuncha bo'lganligi uchun unga oddiy ta'rif berib bo'lmaydi. Shunga ko'ra o'zimiz o'rganib qolgan tushunchamiz bo'yicha ishlatamiz. Masalan, avtobus Guliston shahridan Toshkentga 2 soatda yetib keldi. Vaqtni inglizcha time so'zining bosh harfi t bilan belgilaymiz. Demak, t = 2 soat. Bosib o'tilgan yo'l uzun yoki qisqaligiga qarab, metrdan tashqari qulaylik uchun km, dm, sm va mm larda ham o'lchanadi. Masalan, Yerdan Quyoshgacha bo'lgan o'rtacha masofa 150 00 00 km, Yerdan Oygacha bo'lgan o'rtacha masofa 384 00 km, Yer radiusi ~ 6400 km, Urganchdan Nukus shahrigacha yo'l uzunligi ~ 170 km, maktab yugurish yo'lkasining uzunligi 100 m, shilliq qurtning o'tgan masofasi 15 sm va h.k. 1 km = 100 m; 1 m = 10 dm; 1 dm = 10 sm; 1 sm = 10 mm. Jismlarning harakatlanish vaqti sekundlarda o'lchanadi. Zaruratga qarab vaqtni millisekund, minut, soat, sutka va h.k. birliklarda belgilash mumkin. 1 sutka = 24 soat; 1 soat = 60 minut; 1 min = 60 sekund. Jismlarning harakatlanish vaqti yoki bosib o'tgan yo'llarini solish tirish uchun ularni bir ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
569.7 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
569.7 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan