6-sinf Fizika fanidan Dinamometr yordamida kuchlarni o'lchash dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Dinamometr yordamida kuchlarni o'lchash dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Dinamometr yordamida kuchlarni o'lchash dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 22-mavzu: Laboratoriya ishi. Dinamometr yordamida kuchlarni o'lchash Kerakli asboblar. Dinamometr, turli massali jismlar, rezina, uchida ilmog'i bor silliq taxtacha, stol. Ishni bajarish. Og'irlik kuchini o'lchash. Dinamometrni olib, shkalasini o'rganing. Dinamometrning o'lchash chegarasini va aniqlik darajasini yozib oling. Dinamometrni shtativga mahkamlab, uning ilmog'iga turli massali jismlarni iling (24-rasmga qarang). Har safar dinamometr ko'rsatishlarini yozib oling. 2. Ishqalanish kuchini o'lchash. 1-tajriba. Stol ustiga uchida ilmog'i bor silliq taxtachani qo'ying. Dinamometr ilmog'ini taxtacha ilmog'idan o'tkazing (25-rasm). Dinamometr uchidan ushlab, sekin torting. Jism joyidan qo'zg'algandan boshlab, iloji boricha, jismni juda sekin tekis harakat qildiring. Shu holatda dinamometr ko'rsatishini yozib oling. Izoh: Jism tekis harakatlantirilganda tortuvchi kuch F, ishqalanish kuchi Fishq. ga teng bo'ladi. F = Fishq. 2-tajriba. Taxtacha ustiga 1 kg toshni qo'ying. Tajribani takrorlang. Dinamometr ko'rsatishidan foydalanib, ishqalanish kuchini aniqlang. Taxtacha ustiga qo'yiladigan yuklar miqdorini o'zgartirib, ishqalanish kuchlarini aniqlang. 3.* Elastiklik kuchini o'lchash. 1-tajriba. Dinamometrning asosiy qismi prujina bo'lganligidan, unga yuk osilganda, yukning og'irligi prujinaning elastiklik kuchiga teng bo'ladi. 2-tajriba. Rezinaning elastiklik kuchini o'lchash uchun taxtacha va dinamometr oralig'iga l 0 = 15-20 sm uzunlikdagi rezina ulanadi. Dinamometr uchidan ushlab, yukni tekis harakat qiladigan holatda tortiladi (26-rasm). Bun da rezina cho'ziladi va unda ho sil bo'lgan elastiklik kuchini dinamometr ko'rsatishidan yozib olinadi. 3-tajriba. Dinamometrni vertikal holatda shtativga mahkamlanadi. Uning ilmog'iga 10-15 sm uzunlikdagi rezina bog'lanadi. Rezina oxirini siqib, ip bilan bog'lanadi va ip uchini halqa shaklida qoldiriladi. Ipga massasi ma'lum bo'lgan toshlar ilinadi. Dinamometr ko'rsatishidan rezina cho'zilishi tufayli hosil bo'lgan elastiklik kuchi aniqlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 803.54 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 803.54 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga