6-sinf Fizika fanidan Elektr toki va uning manbalari dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Elektr toki va uning manbalari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Elektr toki va uning manbalari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 44-mavzu: Elektr toki haqida tushuncha. Tok manbalari Jismlarning elektrlanganligini «elektrometr» deb ataluvchi asbob yorda mida aniqlash mumkin (88-rasm). Elektrometrning yuqori qismiga metall shar o'rnatilgan bo'lib, unga metall sterjen mahkamlangan. Metall sterjenning ikkinchi uchiga aylana oladigan holda strelka o'rnatilgan. Zaryadlangan tayoqchani metall sharga tekkizilsa, tayoqchadagi zaryadlar sharga, undan metall sterjenga va strelkaga o'tadi. Shunday tajribani qilib ko'raylik. Ikkita elektrometrni olib, ulardan birini zaryadlaylik. So'ngra ularning sharlarini metall chizg'ich orqali bir-biriga tekkizaylik. Shunda 2-elektrometr strelkasining ham ochilganligini ko'ramiz. Demak, metall sterjen orqali 1-elektrometrdan 2-elektrometrga zaryadlar oqib o'tar ekan. Tajribani metall sterjen o'rniga plastmassa sterjen qo'yib takrorlaylik. 2-elektrometr strelkasi joyida qoladi. Demak, plastmassa sterjen orqali zaryadlar oqishi kuzatilmas ekan. Tajribadan quyidagi muhim xulosani chiqaramiz. Moddalar elektr o'tkazish qobiliyatiga ko'ra, o'tkazgichlarga va o'tkazmaydiganlarga bo'linadi. Barcha metallar, tuz va kislotalarning suvdagi eritmalari o'tkazgichlarga kiradi. Elektr o'tkazmaydigan modda va jismlarni dielektriklar deb ham ataladi. Dielektrik moddalarga chinni, rezina, plastmassa, havo, toza distillangan suv kiradi. Dielektrik moddalardan yasalgan jismlarga izolyatorlar deyiladi. Elektr zaryadlarining bir tomonga tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Zaryadlangan zarralar bir tomonga harakatlana olishi uchun ular erkin harakatda bo'lishi kerak. Yuqorida aytilganidek, atomning tashqi qobig'ida joylashgan elektronlar qo'shni atomlar ta'sirida atomlar oralig'iga o'tib erkin elektronlarga aylanadilar (89- rasm). Shu sababli elektr toki mavjud bo'lishining birinchi sharti moddada erkin elektronlarning mavjud bo'lishidir. Elektr tokining yo'nalishi sifatida tarixan musbat zaryadlangan zarralarning yo'nalishi qabul qilingan (89-rasm). Erkin harakatda bo'lgan zarralarning bir tomonga harakatlanishi uchun ularni bunday harakatga majburlovchi kuch kerak bo'ladi. Bunday majburlovchi kuch tok manbalari yordamida hosil qilinadi. XVII asr oxirigacha olimlar «elektr»ni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1022.41 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1022.41 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga