6-sinf Fizika fanidan Energiya turlari va quvvat dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Energiya turlari va quvvat dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Energiya turlari va quvvat dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

ENERGIYA TURLARI. QUVVAT 6-sinf fizika darsligi asosida 29-mavzu: G'isht bilan mix qoqish misolida Siz, g'ishtni qancha yuqoriga ko'tarib mixga tashlab yuborsangiz, taxtaga shuncha chuqurroq kirishini bilib oldingiz. Demak, g'ishtning ish bajara olish qobiliyati, ya'ni energiyasi uning vaziyatiga bog'liq bo'lar ekan. O'zaro ta'sirlashuvchi jismlarning bir-biriga nisbatan joylashuvi tufayli ega bo'lgan energiyasi potensial energiya deb ataladi. Berilgan misolda g'ishtning bajargan ishi A = Fog'ir. kuch · h ga teng. Bunda, Fog'ir. kuch - g'ishtning og'irlik kuchi; h - g'ishtning mix qalpog'iga nisbatan balandligi. Bu ish g'ishtning energiyasi hisobiga bajarilganligi uchun uning potensial energiyasi Ep = Fog'ir. kuch·h yoki Buraladigan soatlarda prujinasini siqib, unda potensial energiya hosil qilinadi. So'ngra prujina asta-sekin yoyilib soat mexanizmini, ya'ni strelkalarni harakatga keltirib, mexanik ish bajaradi. Daryolarni to'sib, to'g'onlar quriladi. Bunda suvning balandligi ko'tariladi. So'ngra bu suv maxsus quvurlar orqali tushirilib, suv yo'liga o'rnatilgan parraklarni aylantiradi. Jismlar potensial energiyadan tashqari kinetik energiyaga ham ega bo'lishi mumkin. Kinetik energiya jismlarning tezligi tufayli mavjud bo'ladi. Masalan, tekis ariqda oqayotgan suv unga o'rna tilgan charxpalakni aylan tiradi. Shamol ham parraklarni aylantiradi. Jism bir vaqtning o'zida ham potensial, ham kinetik energiyaga ega bo'lishi mumkin. Masalan, Yerdan ma'lum balandlikka ko'tarib qo'yilgan jism (I holat) faqat potensial energiyaga ega bo'ladi (47- rasm). Jism erkin qo'yib yuborilsa, tushayotganda balandligi kamayadi, lekin tezligi ortadi. Jism II holatda yerdan h1 balandlikda bo'lganligi uchun potensial energiyaga ega bo'lsa, tezlikka ega bo'lganligi tufayli kinetik energiyaga ham ega bo'ladi. Tabiatda energiyaning ko'pgina turlari mav jud. Issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, yadro energiyasi, quyosh energiyasi va h.k. Avtomobil, samolyot, katta kemalarni yurgi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 719.78 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 719.78 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga