6-sinf Fizika fanidan Fizik kattaliklar va ularni o'lchash dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Fizik kattaliklar va ularni o'lchash dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Fizik kattaliklar va ularni o'lchash dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 6-mavzu: Fizik kattaliklar va ularni o'lchash Jismlarning yoki fizik hodisalarning ba'zi parametrlarini tajriba yordamida o'lchash mumkin. Bu parametrlar fizik kattaliklar deb ataladi. Masalan, jismning uzunligi, hajmi, temperaturasi, massasi va h.k. Aynan bitta kattalik turli fizik hodisa va jismlarning aynan bitta xossasini xarakterlash uchun ishlatiladi. Masalan: qadamning uzunligi, stolning uzunligi, arqonning uzunligi. Lekin bu kattalik yuqorida aytilgan holatlar uchun turli qiymatga ega bo'ladi. Fizik kattalikni miqdor jihatidan aniqlash uchun uning son qiymatini va birligini bilish kerak. Masalan, maktabda dars 45 minut davom etadi deyilganda «vaqt» deb ataluvchi fizik kattalik ikkita qismdan iborat holda ifodalanadi. Birinchi - 45 raqami uning son qiymatini, ikkinchi - «minut» so'zi birligini bildiradi. Vaqtni minutdan tashqari soatlarda, sekundlarda ham ifodalash mumkin. Demak, har bir fizik kattalikni qanday birliklarda ifodalashni belgilab olish kerak. U holda fizik kattalikni o'lchash deyilganda nimani tushunish kerak? O'lchash deyilganda, o'lchanadigan kattalikni namunaviy kattalik bilan solishtirish tushuniladi. Har bir namunaviy kattalikning o'z birligi mavjud. Mana ikki asrdan beri dunyoning barcha mamlakatlari asosiy fizik kattaliklarni bir xil namuna bilan o'lchashga harakat qilmoqdalar. Turli mamlakatlarda uzunlikni, jism massasini va boshqa kattaliklarni har xil birlikda o'lchaganliklari noqulayliklar keltirib chiqargan. Shunga ko'ra birliklarni o'lchash uchun 1960-yilda xalqaro Birliklar Sistemasi (XBS) qabul qilingan. O'zbekistonda 1982-yildan boshlab joriy etilgan (GOST 8.417-81) hamda doimiy ravishda o'lchov asboblarini tekshirib turadigan metrologik xizmat ishlab turibdi. Masalan, xalqaro birliklar sistemasi (XBS) da uzunlikning birligi sifatida kelishuvga muvofiq metr (1 m), vaqtni o'lchash uchun sekund (1 s), massani o'lchash uchun kilogramm (1 kg) qabul qilingan. Uzunlik namunasi platina-iridiy qotishmasi (ikkita modda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 542.82 KB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 542.82 KB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga