6-sinf Fizika fanidan Fizika fani nimani o'rganadi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Fizika fani nimani o'rganadi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Fizika fani nimani o'rganadi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 1-mavzu: Fizika nimani o'rganadi? Fizik hodisalar Aziz o'quvchilar! Qo'lingizdagi kitob Siz uchun yangi o'quv predmeti bo'lgan «Fizika» darsligining birinchisidir. Keyingi 7-9-sinflarda ham «Fizika»dan o'quv darslari davom etadi. Nima sababdan bu o'quv predmetini o'rganish kerak? Atrofga qarasangiz, yog'ayotgan qor yoki yomg'irni, so'zib yurgan bulutlarni, ariq yoki daryolardan oqayotgan suvni ko'rasiz. Bularning barchasi tabiat hodisa laridir. Bizni o'rab turgan tabiatdagi o'zgarishlar hayotimizga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Tabiatda borayotgan jarayonlarning qonuniyatlarini o'rganish ulardan unumliroq foydalanish imkonini beradi. Qonuniyatlarni o'rganish borasida inson o'z mehnatini yengillashtiradigan mashinalarni o'ylab topgan. Kundalik turmushimizni elektrsiz, yoqilg'isiz va toza suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Elektr energiyasini hosil qiladigan mashinalar, elektrdan va yoqilg'idan foydalanib ishlaydigan qurilmalar fizika faniga asoslanib yaratiladi. Ma shina va mexanizmlarni boshqarishda, sozlash ishlarini bajarishda, uy-ro'z g'or texnikasidan unumli foydala nishda ham fizikadan olgan bilim laringiz asqotadi. Tabiatda ro'y berayotgan turli hodisalarni alomatlariga ko'ra mexanik, issiqlik, elektr, yorug'lik va tovush hodisalariga ajratish mumkin. Bu hodisalarni o'rganish modda tuzilishini o'rganishdan boshla nadi. 6-sinfda fizikaning o'rganiladigan sohalari: modda tuzilishi, mexa nik hodisalar, elektr, issiqlik, yorug' lik va tovush hodisalari haqi da dast labki ma'lumotlar beriladi (1-rasm). Darslikda shu hodisalarga doir murakkab bo'lmagan va o'zingiz bajarib ko'ra oladigan qiziqarli topshiriqlar beriladi. Velosiped, avtomobil, odamning harakati, qaychining qirqishi va h.k. - bularning barchasi mexanik harakatlarga misol bo'ladi. Suvning bug'lanishi va muzlashi, metallarning erishi, tabiiy gaz va o'tinning yonishidan chiqqan issiqlik va h.k. - bular issiqlik hodisalariga misol bo'ladi. Yorug'likning tarqalishi, uning narsa va predmetlardan qaytishi, havoda kamalak paydo bo'lishi kabilar yorug'lik hodisalariga kiradi. Qanday qilib inson qorong'i xonasini charog'on ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga