6-sinf Fizika fanidan Fizika taraqqiyoti tarixi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Fizika taraqqiyoti tarixi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Fizika taraqqiyoti tarixi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 2-mavzu: Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar Fizika grekcha «physis» - tabiat degan so'zdan olingan bo'lib, tabiat haqidagi fan degan ma'noni anglatadi. Inson o'zini o'rab turgan tabiat haqidagi bilimlarni yashash uchun bo'lgan ayovsiz kurashlar jarayonida o'rganib borgan. Dastlabki ilmiy ma'lumotlarni to'plash insonlar ekin ekib, o'troq hayot kechiradigan joylarda boshlangan. Bunday qulay imkoniyatga ega bo'lgan misrlik va bobilliklar to'plagan bilimlaridan foydalanib piramidalar, ibodatxonalar, qal'alar, to'g'onlar qurganlar. Qurilishda oddiy mexanizm lardan: richaglar, yumalatuvchi xodalar, qiya tekislikdan foyda langanlar. Fizika haqidagi ma'lumotlarni birinchi bor kitob shaklida qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (Arastu) (e. o. 384-322-y.) bayon etgan. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar Demokrit (miloddan avval 460-370-y.) ga tegishli bo'lsa, olamning nimadan tuzilganligi haqidagi nazariyani miloddan avvalgi 341-270-yillarda yashagan Epikur bergan. Uning g'oyalarini shoir Lukret siy o'zining «Narsalarning tabiati haqida» nomli poema sida keltiradi. Unga ko'ra barcha jismlar ko'zga ko'rin maydigan, bo'linmay digan atomlardan tashkil topgan va ular to'xtovsiz hara katda bo'ladi. Fizika qonunlarini harbiy texnikada keng ko'lamda qo'llagan olimlardan biri Arximed edi. Arximed miloddan avvalgi 287-yilda Sit siliya orolidagi Sirakuza shahrida tug'iladi. Bu davrda Sitsiliya oroli Rim va Karfagen orasidagi urush maydoni edi. Oroldagi hokimiyat mustaqilligini asrab qolish uchun mudofaa inshootlarini quradi. Bunda Arxi medning muhandislik qobiliyati qo'l keladi. Rimliklar Sitsiliyaga ham dengizdan, ham quruqlikdan hujum qilishadi. Gretsiyalik tarixshunos Plutarx shunday yozadi: «Rimliklarning ikki tomonlama (dengiz va quruqlikdan) hujumidan sirakuzaliklar qo'rquvga tushdilar. Bunday baquvvat, ko'p sonli qo'shinga qarshi ular nima bilan javob berishadi? Arximed o'z mashinalarini ishga soldi. Quruqlikdagi qo'shinlar ustiga shiddatli otilgan ulkan toshlar ularni to'zg'itib yubordi Kemalarga birdaniga devor ustidan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.39 MB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.39 MB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga