6-sinf Fizika fanidan Issiqlik hodisalari haqida Beruniy, Ibn Sino va Forobiy fikrlari dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Issiqlik hodisalari haqida Beruniy, Ibn Sino va Forobiy fikrlari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Issiqlik hodisalari haqida Beruniy, Ibn Sino va Forobiy fikrlari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 40-mavzu: ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA FOROBIY, BERUNIY VA IBN SINO FIKRLARI Issiqlik hodisalarining tabiati haqida buyuk allomalarimiz Abu Nasr al-Forobiy, Al-Beruniy va Ibn Sino o'z asarlarida tushuntirish berib ketganlar. Jumladan, Forobiyning fikricha, har qanday jismning temperaturasi yuqori yoki past bo'lishi shu jismni tashkil etgan zarralarning harakatlariga bog'liqdir. Ibn Sino ham Forobiy kabi konveksiya hodisasini quyidagicha tushuntiradi: qizigan jismlar hajmlarining kengayishi natijasida zichliklari kamayib, yuqoriga intiladi (Arximed kuchi tufayli demoqchi). Sovigan vaqtda esa hajmi kichrayib, zichligi ortishi hisobiga pastga intiladi. Abu Nasr al-Forobiy (873-950) Sirdaryo bo'yi dagi qadimgi O'tror (Forob) shahri yaqinida tug'ilgan. Forobiy fanning juda ko'p sohalarida ijod qilgan. Unga qadar fizika alohida fan sifatida qaralmasdan, tabiiy fanlar tarkibida bo'lgan. Fizikada modda tuzilishi, issiqlik, harakat, tovush, optikaga doir ishlarni bajargan. Jismlarning issiqlikdan kengayishi, sovuqlikdan torayishida suvning alohida xususiyatga ega ekanligiga Beruniy e'tibor bergan. Bu borada Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savolini keltiramiz. «Agar jismlar issiqlik sababli kengaysa va sovuqlik tufayli toraysa va boshqa idishlarning sinishi uning ichidagi narsalarning kengayishi sababidan bo'lsa-yu, nima uchun ichida suv muzlab qolgan idish yoriladi, sinadi? Nima uchun muz suv yuzida bo'ladi, holbuki muz sovuqlik sababli qotgani uchun Yer tabiatiga (qattiq jismga) yaqinroq edi-ku?» Ibn Sino Beruniyning bu savoliga: «Suv muzlagan vaqtda suvda havo bo'laklari qamalib qolib, muzni suv tubiga cho'qishdan saqlab qoladi», - deb javob qaytaradi. Beruniy Ibn Sinoning javoblariga e'tiroz bildirib: «Agar ko'za ichki tomoniga qarab singanda edi, u holda aytilganlar to'g'ri bo'lur edi. Men idish tashqariga qarab sinishini kuzatganman» deydi. Ibn Sino o'z javoblaridagi noaniqliklarni keyinchalik «Qurozai tabbiyot» nomli asarida to'ldirib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 873.8 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 873.8 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga