6-sinf fizika darsligi asosida 43-mavzu: Jismlarning elektrlanishi KIRISH SUHBATI Kundalik turmushda biz «elektr» degan tushuncha bilan ko'p duch kelamiz. Elektrning o'zi nima, bu haqda odamlar qachon bilishgan? Elektrsiz biz kundalik hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Ayting-chi, yoritishsiz va isitishsiz, telefonsiz va elektrodvigatelsiz, kompyutersiz va televizorsiz turmush kechirish mumkinmi? Elektr bizning hayotimizga shunchalik chuqur kirib ketganki, ba'zan «qanday sehrgar bizga ko'p ishlarimizni bajarishga yordam berib kelmoqda» deb o'ylab ham ko'rmaymiz. Bu «sehrgar» elektr tokidir. Elektr tokining ixtiro qilinishi va u bilan bog'liq boshqa yangiliklarning ochilishi o'n to'qqizinchi asrning oxiri - yigirmanchi asrning boshlariga to'g'ri keladi deyish mumkin. Lekin odamlar elektr bilan bog'liq dastlabki hodisalarni eramizdan oldingi beshinchi asrdayoq kuzatganlar. Ular jun yoki shoyiga ishqalangan kahrabo bo'lagining o'ziga yengil jismlarni, changlarni tortishiga e'tibor berganlar. Qadimgi greklar bu hodisadan qimmatbaho buyumlarni changdan tozalashda foydalanganlar. Ular shuningdek kahrabo taroq bilan soch taralganda soch tolalarining bir-biridan itarilib tikkayganligini kuzatganlar. Kahrabo grekchasiga «elektron» deyiladi. «Elektr» so'zi shundan kelib chiqqan. Ishqalangandan so'ng boshqa mayda jismlarni o'ziga tortadigan jismlarni elektrlangan jism deyiladigan bo'ldi. Agar elektrlangan jismni boshqa elektrlanmagan jismga tekkizilsa, u jism ham elektrlanib qoladi. Hozirgi kunda dunyoni elektrsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bir kuni insoniyat va tabiat elektrsiz qolsa nima boladi? Unda dunyo qorong'ulikka cho'kkan, televizor, sovutkich, telefon, plitkalar ishlamagan bo'lar edi. Hayot umuman to'xtagan bo'lar edi. Chunki ko'pgina hayotiy jarayonlar elektr jarayonlari bilan bog'liqdir. Moddaning o'zi ham parchalanib ketar edi. Chunki uni tashkil etuvchi zarralar elektr o'zaro ta'sir tufayli tutinib turadi. Elektrni o'rganish oddiy tajribalarni o'tkazishdan boshlangan. Shunday tajribani qilib ko'raylik. Stol ustiga qaychi bilan maydalab qirqilgan qog'oz ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
972.54 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
972.54 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan