6-sinf Fizika fanidan Jismlarning issiqlikdan kengayishi dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Jismlarning issiqlikdan kengayishi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Jismlarning issiqlikdan kengayishi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 37-mavzu: Jismlarning issiqlikdan kengayishi 10-mavzuda Siz qizdirilgan metall sharning kengayib, halqadan o'ta olmagan ligi bilan tanishgansiz. Suyuqliklarda bu hodisani o'rganish uchun shunday tajriba o'tkazaylik (70-rasm). Uchta probirka olib ulardan biriga suv, ikkinchisiga yog', uchinchisiga sut quyaylik. Probirkalar og'ziga o'rtasida nay chasi bor tiqin o'rnataylik. Probirkalarni suvli idishga 70-rasmda ko'rsatilganidek qo'yib, tagidan isitaylik. Suv isigan sari asta-sekin naychalardan suyuqliklar yuqoriga ko'tarila boshlaydi. Demak, suyuqliklar ham isitilganda kengayar ekan. Bunda suyuqliklarning naychadan ko'tarilish balandligi turlicha bo'lgan ligidan, ularning kengayishi ham turlicha bo'ladi. Gazlarning issiq likdan kengayishini o'rganish uchun bir kolbani olib, uning ham og'ziga naychasi bor tiqin o'rnataylik (71-rasm). Naycha uchini suvga tiqib, kolbani ushlagan holda ozroq siypalab turamiz. Shunda naycha uchidan suvga havo pufakchalari chiqa boshlaganini ko'ramiz. Bunga sabab kolba qo'l harorati tufayli ichidagi havosi bilan birga isiydi. Isigan gaz kengayib pufakcha shaklida chiqib ketadi. Kolba bo'g'zini shtativga o'rnatib shu holda qoldirilsa, birozdan so'ng naychadan suv yuqoriga ko'tarilganligini ko'rish mumkin. Sababi soviganda kolbadagi havo siqiladi. Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan kengayadi, sovuqlikdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi mavzuda aytilgan molekulyar harakatdir. Moddalarning bu xossasidan turmushda va texnikada keng foydala niladi. Temir yo'l relslarini o'rnatishda ularni bir-biriga jips tegmaydigan qilib o'rnatiladi. Elektr o'tkazuvchi simlarni ustunlarga yoz kunida biroz osiltirib tortiladi. Qishda torayish evaziga uzilib ketmasligi uchun shunday qilinadi. Shisha stakanlarga issiq suvni birdaniga quyib bo'lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi. Tash qarisi esa kengayib ulgurmaydi. Shu sababli stakan sinib ketadi. 1. Bimetall plastina. 72-rasmda bir-biriga parchinlab mahkamlangan ikkita - mis va temir plastina ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 898.7 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 898.7 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga