Jismlarning mexanik harakati. Trayektoriya 6-sinf fizika darsligi asosida 18-mavzu: KIRISH SUHBATI Kundalik turmushda harakatlanayotgan juda ko'p jismlar, mashina va mexanizmlarga duch kelamiz. Avtomobillar, ventilyatorlar, osma va qo'l mexanik soatlari va h.k. Avtomobilning harakatiga nazar tashlasak, uning turli qismlari turlicha harakatda bo'lishiga e'tibor beramiz. Avtomobil korpusi, yuki, hay dovchisi bilan oldinga yoki orqaga harakat qilsa, uning g'ildiraklari, dvigatelini sovituvchi parragi aylanma harakat qiladi. Bundan buyon oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, o'ngga yoki chapga bo'ladigan harakatlarni umumiy holda ilgarilanma harakat deymiz. Devorga osilgan mexanik soat mayatnigi esa takrorlanib turuvchi harakat qilganligidan, uning harakatini tebranma harakat deyiladi. Shunday qilib, bizni o'rab turgan olamdagi barcha jismlarning harakatini uch turga ajratish mumkin. Ilgarilanma harakat. Aylanma harakat. Tebranma harakat. Jismlarning hammasi ham har doim harakatda bo'lmaydi. Masalan, osib qo'yilgan yuk, imoratga qo'yilgan ustun, kir yoyilgan arqon va h.k. Bir qarashda ularda hech qanday qonuniyatlar yo'qdek ko'rinadi. Aslida ular muvozanat holatida bo'lib, ma'lum qonun va qoidalar bajariladi. Jismlarning mexanik harakatlari hamda ularning muvo zanat holatlari birgalikda mexanik hodisalar deb ataladi. Mexanika atamasi grekcha «mexanike» so'zidan kelib chiqib, mashinalar haqidagi fan degan ma'noni bildiradi. Siz fizika darsida o'qituvchingiz berayotgan saboqni tinglab o'tiribsiz. Bundan oldin o'yingizdan chiqib maktabga kelgansiz. Siz o'tirgan stol, maktab binosi esa joyida turibdi. Derazadan qarasangiz o'tib ketayotgan kishilarni, avtomobillarni ko'rasiz. Ularga qarab ayrimlarini harakatda, ayrimlarini harakatsiz, degan xulosa chiqarasiz. Bunday xulosani chiqarishda biz nimalarga e'tibor berdik? Har bir narsa yoki predmet berilgan vaqtda ma'lum bir joyda bo'ladi. Masalan, sinfda siz o'tirgan parta eshikdan 3 m uzoqlikda joylashgan. O'qituvchi esa sizdan 2 m uzoqlikda o'tiribdi. O'qituvchi o'rnidan ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
838.2 KB
Ko'rishlar soni
232 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
838.2 KB
Ko'rishlar soni
232 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan