6-sinf fizika darsligi asosida 21-mavzu: Jismlarning o'zaro ta'siri haqida ma'lumotlar. Kuch Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta'sir ko'rsat ganligini ko'ramiz. Yuqoriga otilgan tosh yana qaytib Yerga tushadi. Chunki uni Yer o'ziga tortib turadi. Temir bo'lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni tortib oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib ketayotgan avtomobil motori o'chirilsa, biroz yurib to'xtaydi. Bunda yo'l bilan g'ildiraklar orasidagi ta'sir tufayli tezligi kamayadi. Bu ta'sirlashishlar tufayli jismning tezligi o'zgaradi. Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uning shakli o'zga radi. Xuddi shunday mis tangani bolg'a bilan urilsa, yalpayib shakli o'zgaradi. Bir jismning ikkinchi jismga ta'siri tufayli tezligi yoki shakli o'zga rishiga sabab bo'ladigan kattalik kuch deb ataladi. Tabiatda kuchlar turli ko'rinishda namoyon bo'ladi (22-rasm). Jismlarni Yer o'ziga tortib turgani tufayli og'irlik kuchi paydo bo'ladi. Bir jism ustida ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g'adir-budurligi tufayli ishqalanish kuchi vujudga keladi. Cho'zilgan yoki siqilgan prujina va rezinalarda elastiklik kuchlari hosil bo'ladi. Bolalar o'yinchoq to'pponchalarida ko'proq siqilgan prujinadan foydalaniladi. Bir jism ikkinchisiga ta'sir ko'rsatganda, ikkinchi jism ham birinchisiga ta'sir ko'rsatadi. Jahl bilan stolga musht tushirsangiz, stol usti biroz egiladi. Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepaga sapchiganini ko'rasiz. Bunda qo'lingiz ham og'rib qoladi, albatta. Demak, ikki jism orasida o'zaro ta'sir bo'lar ekan. Boshlang'ich geografiya kursidan Yerning Quyosh atrofida harakat qilishini, Oyning esa Yer atrofida harakatlanishini bilasiz. Bunday hara katning sababchisi ular orasida tortishish kuchlarining mavjudligidir. Soch taralgandan so'ng, taroqni may da yirtilgan qog'oz parchalariga yaqin lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi. Taqasimon va to'g'ri ko'rinishdagi doi miy magnitlar temir buyumlarni o'ziga tortadi. Uni ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.08 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.08 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan