6-sinf Fizika fanidan Kuch momenti, richag va uning muvozanati dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Kuch momenti, richag va uning muvozanati dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Kuch momenti, richag va uning muvozanati dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 31-mavzu: Kuch momenti. Richag va uning muvozanat sharti Quyidagicha tajriba o'tkazib ko'raylik. G'ildirakni olib, undan qo'zg'almas o'q o'tkazaylik. G'ildirak o'qiga F kuchni 54-rasmda ko'rsatilganidek 1 nuqtaga ta'sir ettiraylik. G'ildirak harakat qilmaydi. Endi shu kuchni 2 nuqtaga qo'yaylik. G'ildirak harakatga keladi. F kuchni aylanish o'qidan yanada uzoqroqqa qo'ysak, g'ildirak shunchalik tez aylanadi. Demak, aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarning harakati faqat unga qo'yilgan kuch kattaligiga bog'liq bo'lmasdan, balki kuchni aylanish o'qidan qancha uzoqlikka qo'yil ganligiga ham bog'liq bo'lar ekan. Aylanish o'qidan kuch qo'yilgan nuqtagacha bo'lgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deb ataladi. Bunda kuch yo'nalishi bilan yelka o'zaro tik yo'nalgan deb qaraladi. Aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarda harakat qo'yilgan F kuchga hamda yelka l ga bog'liq bo'lganligidan kuch momenti deb ataluvchi fizik kattalikni kiritamiz, Uning birligi M = 1 N · m. Siz kundalik turmushda og'ir toshni yoki yukni joyidan siljitishda uning tagiga lom tiqib ko'tarishganini ko'rgansiz (55-rasm). Bunda lom uchiga F1 kuch bilan ta'sir etib, ikkinchi uchidan F2 kuch olinadi. F2 kuch F1 dan bir necha barobar katta bo'ladi. Demak, bu qu rilmada kuch dan yutish mumkin ekan. Qo'zg'almas tayanch atrofida aylana oladigan qattiq jismga richag deyiladi. 55-rasmda richagning ayla nishi O nuqta atrofida bo'ladi. Quyidagi tajribani o'tkazaylik. Shtativga qalin chizg'ichni O nuqta atrofida aylana oladigan qilib o'rnataylik. Richagning o'ng tomoniga olti birlik masofada (A) bitta yukni osaylik. Ikkin chi tomonida esa uch birlik maso faga (B) bitta yukni osib qo'ysak, muvozanatda bo'lmaydi. Muvozanat bo'lishi uchun ikkita yukni osish kerak bo'ladi. A nuqtaga ikkinchi yukni ossak, muvozanatni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 533.9 KB
Ko'rishlar soni 367 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 533.9 KB
Ko'rishlar soni 367 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga