6-sinf fizika darsligi asosida 5-mavzu: Kuzatishlar va tajribalar Atrofimizni o'rab turgan olam haqidagi dastlabki bilimlarimizni hodisalarni kuzatish orqali olamiz. Kuzatish deb, sodir bo'layotgan hodisaga ta'sir ko'rsatmasdan, uning xususiyatini o'rganishga aytiladi. Masalan, jismlarning Yerga tushishini juda qadimdan insonlar kuzatib kelishgan. Kuzatishlar davomida ikkita savol paydo bo'lgan: nima sababdan jismlar erkin qo'yib yuborilsa, pastga tomon harakatlanadi va tushish tezligi nimalarga bog'liq? Bu savolga qadimgi grek olimi Aristotel javob topishga harakat qilgan. Aristotel, jismlar qancha og'ir bo'lsa, shunchalik tez tushadi, degan g'oyani bergan. Italyan fizigi Galileo Galiley o'z zamonasida mazkur g'oyani tekshirish uchun tajriba o'tkazadi. Afsonaga ko'ra mashhur Piza og'ma minoradan shar shaklidagi yengil va og'ir jismlarni bir vaqtda tashlab ko'radi. Bu jismlarning yerga bir vaqtda urilganiga u yerda hozir bo'lganlar guvoh bo'lishgan. Bu hodisani ko'p marta o'tkazganidan so'ng, qonuniyat topilgan. Shunday qilib, Galiley tajriba vositasida Aristotel g'oyasining noto'g'ri ekanligini isbotlagan. Shunday qilib, jarayonni kuzatish davrida uning qanday borishi va sababini anglashga harakat qilamiz. Fikrlash davrida kuzatilayotgan hodisalar to'g'risida gipoteza deb ataluvchi turli farazlar paydo bo'ladi. Gipotezani tekshirish uchun maxsus tajribalar o'tkaziladi. Uni shuningdek eksperiment deb ham aytish mumkin. Tajribalar o'tkazishda kuzatishlar bilan birgalikda o'lchash ishlari ham olib boriladi. Masalan, suvning qaynashi o'rganilayotganda, termometr bilan uning temperaturasi o'lchab boriladi. U yoki bu gipoteza aytilganda uning to'g'ri yoki noto'g'riligini eksperiment o'tkazib aniqlaymiz. Shunday qilib, fizik bilimlar quyida keltirilgan ketma-ketlikda bajarilgan ishlar orqali hosil qilinar ekan: kuzatishlar → gipoteza → eksperiment → xulosa. Tajribalar o'tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o'lchash ishlarini bajarish uchun o'lchov asboblaridan foydalaniladi (2- rasm). Ulardan ayrimlari juda sodda tuzilgan. 2-rasmda keltirilgan ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
831.35 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
831.35 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan