6-sinf fizika darsligi asosida 14-mavzu: Massa va uning birliklari Siz kundalik turmushda ota-onangiz bilan yoki o'zingiz bozorga borgansiz, albatta. Bozorda sotilayotgan ko'pgina oziqovqat mahsulotlarini tarozida o'lchab sotilishini ham bilasiz. Tarozi yordamida jismlar va narsalarning qanday kattaligi o'lchanadi? Buni tushunish uchun quyidagiga e'tibor beraylik. Qum ortilgan bolalar o'yinchoq avtomobilini joyidan qo'zg'atish osonmi yoki qum ortilgan rosmana avtomobilnimi? Bir tekis g'ildirab kelayotgan o'yinchoq avtomobilni ushlab to'xtatish osonmi yoki rosmana avtomobilnimi? Albatta, har biringiz savolga o'yinchoq avtomobilni deysiz. Boshqa misol olaylik. Sellofan xaltaga solingan shakarni ko'tarish osonmi yoki bir qop shakarnimi? Bunda ham xaltadagi degan to'g'ri javobni olamiz. Demak, jismlar tinch turgan bo'lsa, uni bu holatdan chiqarish uchun ta'sir ko'rsatish kerak. Xulosa qilib aytsak, jismlar yoki narsalar tinch turgan holatini saqlashga intilar ekan. Jismlar xuddi shunday harakat holatini ham saqlashga urinadi. Jismlarning tinch yoki harakat holatini saqlash qobiliyatiga inertlik deyiladi. Lekin bu qobiliyat turli jismlarda turlicha. Bu qobiliyatni o'lchash uchun massa deb ataluvchi fizik kattalik o'ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi fizik kattalikka jismning massasi deyiladi. Jism massasini o'lchashning usullari ko'p. Shulardan hammaga ma'lumi tarozi yordamida o'lchashdir. Amaliyotda ishlati ladi gan tarozilar turli tipda bo'ladi: o'quv, analitik, elekt ron va h.k. 12-a rasmda o'quv (shayinli), b-rasmda esa elektron tarozi keltirilgan. Yuqorida aytganimizdek, massa birligi 1 kilogramm bo'lib, toshining namunasi Parij yaqinidagi Sevr degan shaharchada saqlanadi (11-rasm). Namuna silindr shaklida bo'lib, balandligi va diametri 39 mm atrofida. Undan 40 ta nusxa tayyor lanib, turli mamlakatlarga tarqatilgan. Jism massasining ko'p yoki kamligi un dagi moddaning yoki narsalarning ko'p-kamligiga bog'liq. Masalan, bir qop yong'oqning massasi bir ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
458 marta
Ko'chirishlar soni
94 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
458 marta
Ko'chirishlar soni
94 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan