6-sinf fizika darsligi asosida 35-mavzu: Mexanikaning oltin qoidasi. Mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti Yuqorida Siz oddiy mexanizmlarning ishdan yutuq bermasligi bilan tanishdingiz. Buni kengroq ma'noda qaralsa, «har qanday mexanik mexanizm kuchdan necha marta yutuq bersa, yo'ldan shuncha marta yutqazadi» degan xulosaga kelinadi. Bunga «mexanikaning oltin qoidasi» deyiladi. Oldingi mavzuda biror yukni ma'lum balandlikka ko'tarishda mexanizmlarning og'irligini, ulardagi ishqalanishlarni hisobga olmadik. Bularni hisobga olinsa, m massali yukni h balandlikka ko'tarishda Af = mgh ishga nisbatan ancha ko'p ish (Au ) bajarish zarurligi kelib chiqadi. Af ish foydali ish deb ataladi. Au - umumiy bajarilgan ish deb atalib, Au = Af +A q dan tashkil topadi. A q - ishqalanishlarni yengish, mexanizmning o'zini ham ko'tarish va h.k. larni bajarish bilan bog'liq qo'shimcha ishlar. Foydali ish (Af)ning umumiy ish (Au) ga nisbati bilan o'lchanadigan kattalik mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti deyiladi: η (eta) - foydali ish koeffitsiyenti (qisqacha FIK). Ko'pincha FIK foizlarda ifodalanadi: Har qanday mexanizmning FIK 100% dan kam bo'ladi (3-jadvalga qarang). FIKni oshirish uchun mexanizmning og'irligi, undagi ishqalanishlarni kamaytirishga harakat qilinadi. Konstruksiyalari takomillashtiriladi. Ilmoqli taxtachani olib, uni dinamometrga osib, og'irligi Fog'ir ni o'lchang. Taxtacha osilgan dinamometrni sekin yuqoriga ko'tarib ko'ring. Stol yoki uzun chizg'ich yordamida qiya tekislik hosil qiling. Taxtachani chizg'ich ustida tekis harakatlantirib, dinamometr ko'rsatishini yozib oling (69-rasm). Qiya tekislik balandligi h ni va uzunligi s ni o'lchab oling. Olin gan ma'lumot lardan foydalanib, qiya tekislikning FIK ni · 100% formuladan hisoblang. ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
624.05 KB
Ko'rishlar soni
279 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
624.05 KB
Ko'rishlar soni
279 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan