6-sinf fizika darsligi asosida 34-mavzu: Mexanizmlardan foydalanishda ishlarning tengligi Yuqorida ko'rib o'tilgan barcha mexa nizmlar biror ishni bajarishda foyda laniladi. Ularda mexanizmlarning kuchdan yutuq berishi haqida gapirib o'tildi. Qiziq, ulardan qaysilari ishdan yutuq berar ekan? Yoki ham masimi? Buni qiya tekislik misolida ko'raylik. Qiya tekislik bo'ylab yukni ko'tarishda bo'lishi ko'rsatilgan edi. Bunda yukni ko'tarishda kichik kuch talab qilinishi evaziga ko'p yo'l bosish zarur bo'ladi (66- rasm). Chunki s masofa h dan katta: Bundan yukni qaysi yo'l bilan yuqoriga olib chiqmaylik, bajarilgan ishlar teng bo'lishi kelib chiqadi. Demak, qiya tekislik ishdan yutuq bermaydi. Balki richag ishdan yutuq berar? 67-rasmdan ko'rinadiki, richagning kichik yelkasiga qo'yilgan yukni s2 masofaga siljitish uchun katta yelkaga qo'yilgan F1 kuch s1 masofani o'tishi kerak. Demak, richagda ham kuchdan olinadigan yutuq masofadan yutqazish evaziga bo'lar ekan. Bu holda bo'ladi (67-rasm). Bajarilgan ish uchun F1 s1 = F2s2 yoki A1 = A2. Richag ham boshqa mexanizm kabi ishdan yutuq bermaydi. Richag qonunini kashf etgandan so'ng juda ruhlanib ketgan Arximed «Menga tayanch nuqtasini bering, men Yerni ko'taraman» deb aytganligi haqida afsona bor. Nazariy jihatdan olganda juda uzun yelkali richag bilan Yer og'irligiga teng kuch hosil qilish mumkin. Lekin richagning kichik yelkali uchi Yerni 1 sm ga ko' targanda, katta yelkali uchi kosmosda shunday katta aylana yoyini bosishi kerakki, buning uchun Arximed 1 ms tezlik bilan yursa, million yil kerak bo'lar edi! Xuddi shunday yo'l bilan ko'char blok ham ishdan yutuq bermasligini isbotlash mumkin. Bunda yukni h balandlikka ko'tarish uchun blokdan o'tgan arqon uchini 2h masofaga ko'tarish zarur bo'ladi (68-rasm). Ko'char ...

Joylangan
14 Oct 2022 | 14:55:16
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
824.03 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
14 Oct 2022 [ 14:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
824.03 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan