6-sinf Fizika fanidan Modda tuzilishi - Demokrit, Al-Roziy, Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari dars taqdimoti

6-sinf Fizika fanidan Modda tuzilishi - Demokrit, Al-Roziy, Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Fizika fanidan Modda tuzilishi - Demokrit, Al-Roziy, Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 8-mavzu: MODDA TUZILISHI HAQIDA DEMOKRIT, AR-ROZIY, BERUNIY VA IBN SINO TA'LIMOTLARI KIRISH SUHBATI Odamlar eng qadimgi davrdan boshlab atrofida mavjud bo'lgan narsalar - daraxt, tosh, tuproq, suvdan va h.k. lardan foydalanganlar. Keyin chalik foydali qazilmalardan temir, mis, kumush, oltin kabi metallarni ajratib olishni o'rganganlar. Ularni qo'shib eritib bronza, jez kabi qotishmalarni hosil qila boshlaganlar. Ba'zi hollarda qilich, qalqon kabi urush qurollari uchun qattiq material kerak bo'lsa, ba'zan bezak sifatida ishlatishga (toj, uzuk va h.k.) boshqa xossalarga ega bo'lgan materiallar zarur bo'lgan. Ularni hosil qilish uchun modda tuzilishini o'rgana borish jarayonida tabiatda mavjud bo'lgan materiallarni ko'proq ishlata borganlar. Shu bilan birga inson o'zining to'plagan bilimlaridan foydalanib, yangi xossaga ega bo'lgan sun'iy moddalarni yaratgan (plastmassalar, polimerlar va h.k.). Bunday bilim va tajribaga ega bo'lish uchun insoniyatning buyuk daholari minglab yillar davomida zahmat chekib, ilmiy izlanishlar olib borganlar. Siz kundalik turmushda choy qaynatish uchun idishga suv quyib, uni isita boshlasangiz, undan bug' chiqa boshlaganini ko'rasiz. Birozdan so'ng suv qaynaydi va isitkichni o'chirmasangiz suv to'la bug'lanib ketadi. Sovuq qish kunlarida tashqarida qoldirilgan suv muzlab qoladi. Suv nima sababdan bug'lanib ketdi? Suv va muz tuzilishida qanday farqlar bor? Shu kabi savollar insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar yunon olimi Demokritga (miloddan avvalgi 460-370-y.) tegishli edi. Unga ko'ra hamma narsalar juda mayda zarralar - «atom»lardan tashkil topgan. Moddaning eng kichik zarrasi - atom bo'laklarga bo'linmaydi deb qaralgan. Atom so'zi ham yunoncha «bo'linmas bo'lakcha» degan ma'noni bildiradi. Demokritning bu haqda yozgan asari bizgacha yetib kelmagan. Uning fikrlari boshqalarning yozgan asarlarida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.38 MB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.38 MB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga